ALEKSANDR I - mil. avv. 498-454-yillarda hukmronlik qilgan Makedoniya podshosi. Uning davrida Makedoniya birmuncha mustahkamlangan.
ALKIVIAD — mohir Afina sarkardasi. U mil. avv. 415-yilda Afina davlati boshlig"œi Nikiy va sarkarda Lamaxlar bilan birga spartaliklarga qarshi kurashish uchun Sitsiliya oroli tomon jo"œnagan. Lekin Alkiviad xoinlik qilib spartaliklar tomonga qochib o"œtgan va afinaliklarning harbiy sirlarini ularga aytib bergan. Bir necha yil o"œtgach, Alkiviad yana Afinaga qaytgan. Ko"œpgina janglarda u spartaliklar flotini yenggan. Buning evaziga afinaliklar uni avf etishgan.
ARISTOFAN (Aristophanes) — mil. avv. 480-388-yillarda yashab ijod etgan yunon shoiri, "œkomediya otasi". Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan bo`lib, ijodida yorqin namoyon bo`ladi va o`sha dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o`ziga rom etgan radikallar aqidasiga ("œChavandozlar"), sofistlarning individual falsafasiga ("œBulut") ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini ko`ra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi ("œLisistrata"). Hayotiy shaxslarni kamsitish ("œBulut"da - Sokratni), fantastik vaziyatlar ("œAxariyanlar", "œQushlar") ham Aristofan ijodiga mavzu bo`lgan. Uning "œTinchlik", "œAyollar xalq yig`inida", "œSuvoriylar", "œArilar", "œBaqalar" va shu kabi ko`plab mashhur komediyalari ham bo`lgan.
ARISTOTEL (Aristoteles, Arastu) (mil. avv. 384 — Stagira — 322 - Evbeya oroli, Xalkida) — mantiq ilmi, etika faniga asos solgan yunonistonlik buyuk faylasuf. Mil. avv. 367-yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil ko"œrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Mil. avv. 343-yildan e"œtiboran Makedoniya podshosi Filipp II taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Mil. avv. 335-yilda Afinaga qaytib, o"œzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so"œng 323-yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalkidasiga qochishga majbur bo"œldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi. Aristotel qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning ta"œlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Aristotel insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli ta"œsir ko"œrsatdi. Aristoteldan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: "œPolitiya", "œG"œoyalar haqida", "œFarovonlik haqida", "œBirinchi analitika", "œIkkinchi analitika", "œKategoriyalar", "œFizika", "œMetafizika", "œJon haqida", "œNikomax axloqi", "œAxloqi kabir", "œYevdem axloqi", "œSiyosat", "œMetodika", "œEkonomika", "œEtika", "œPoetika", "œRitorika" va boshqalar.
ARTAFERN - mil. avv. 490-yilda Doro I ning Yunonistonni bosib olish uchun ikkinchi yurishida, Datis bilan birga forslarning harbiy-dengiz qo"œshinlariga qo"œmondonlik qilgan sarkarda. Artafern boshchiligidagi harbiy-dengiz qo"œshin Kilikiya qirg"œoqlaridan suzib, Egey dengizi orqali Evbiya oroliga qo"œshin tushirib, Eretriyani bosib olgan.
ARXELAY — mil. avv. 419-399-yillarda hukmronlik qilgan Makedoniya podshosi. Makedoniya hukmdori Aleksandr I ning vorisi. Uning davrida Makedoniya birmunch mustahkamlangan. Arxelay dengiz bo"œyidagi yangi poytaxt — Pella shahriga asos solgan. Arxelay qo"œshinlari Xalkidika yarimoroli va Fessaliyaning ba’zi joylarini istilo qilganlar. Ko"œp o"œtmay fitnachilar Arxelayga suiqasd uyushtirib o"œldirganlar.
ARXIDAM II - Sparta podshosi. U mil. avv. 431-yilda Spаrtа bоshchiligidаgi Pelоpоnnes ittifoqi hаmda Аfinа bоshchiligidаgi Delоs ittifoqi o"œrtаsidа boshlangan Peloponnes-Afina urushlarini boshlab bergani uchun bu urush tarixda Arxidam urushi ham deyiladi.
ARXIMED (taxm. mil. avv. 287 — Sirakuza (Sitsiliya) — 212-yillar) — yunon mexanigi va matematigi. Arximed o"œz zamonining yirik ilmiy markazi — Iskandariyada ta"œlim olgan. Uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan (Arximed qonuni). Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta o"œrin tutadi. Arximed richag qonunlarini topgan va "œMenga yerni tayanch nuqtasini topib bering, Yerni ostin-ustin qilib tashlayman" degan mashhur iborani aytgan. U ekin maydonlarini sug"œorish mashinalari (Arximed vinti), yuklarni ko"œtarish uchun mo"œljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irg"œitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa ko"œp kashfiyotlarning muallifi. Ko"œp asarlari bizgacha yetib kelmagan. Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho"œng"œigan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzani bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o"œtirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganda: "œMening chizmalarimga qo"œl tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi.
AXILLES (Axill) — yunon afsonalarida Troya urushi davrida Troyani qamal qilgan "œIliada" qahramonlari ichidagi eng mashhur bahodir. Dengiz ma`budasi Fetida o`g`li Axillesni o`lmaydigan qilish uchun tovonidan ushlab, Stiksning muqaddas suviga botirib olgan, shu tariqa Axillesning suv tegmay qolgan tovoni zaif muchasi bo`lib qolgan. Parisning mo`l otgan o`qi Axillesning tovoniga tegib, uni halok qiladi. "œAxilles tovoni", ya`ni zaif joy iborasi shundan paydo bo`lgan. Axillesning eng yorqin obrazi "œIliada"da berilgan. Axilles shaxsini ulug`lash Elida, Sparta, Shimoliy Qora dengiz bo`ylari va boshqa joylarda keng tarqalgan.