Bahri bayt  ( 874414 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:10:42

Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni
Ne qilsang ham yig‘lat meni...

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:11:03

Ishqli ko'ngillar-ku pardan engilday,
Ishqsiz qalbga qancha tosh to'ldi, ayting.
Lahza...ishq tug'ildi qancha ko'ngilda,
Lahza...qancha dilda ishq o'ldi, ayting.
Hisobin chiqarib bering-chi, qani,
O'lgani ortiqmi yo tug'ilgani?!

Halima Xudoyberdiyeva
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:11:11

Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Yunus Emro

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:11:25

Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.

Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Aytsalar-da sevgi uzilgan,
Shunday ishonchsizlik tufayli,
Xafa bo'lma mendan - o'zingdan,
Meni o'yla, sog'inib o'yla.

Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
O'ylaringda men yashay yakka,
Chunki sevgi atalgan azob
Qodir emas toq yashamakka.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor.
Rauf Parfi

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:11:42

Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:11:58

Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?

Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bo’lar?...

Usmon Azim
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:05

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.

Xayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:12

Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.

Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.

Sergey Yesenin
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:18

Men dunyoga aslida
sevmoq uchun kelganman,
Ishqsiz o‘tgan har lahza
tushdir menga, Xudoyim.
Sevilmasam, sevmasam,
evoh, nechun kelganman,
Jon kirsin bu yurakka,
ishq ber menga, Xudoyim.

Yaqinlarim yiroqdan
tinmay meni yomonlar,
Ko‘ngil tashna, to‘lg‘onar,
tushunmaydi nodonlar,
Ishqsiz holimni xarob
ko‘rdim allaqachonlar,
Rahm et, joni halakka,
ishq ber menga, Xudoyim.

Abdulaziz Muborak

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:24

Men kuylasam she’rlarim yig`lar,
Ko`nglimdagi sirlarim yig`lar,
O`tgan umrim yillarim yig`lar,
Faqat buni birov bilmaydi.

Aytolmasam qo`shiq sanamlar,
Ranjimangiz qoshi qalamlar,
Kuylay desam qiymas alamlar,
Faqat buni birov bilmaydi.

Kamoliddin Rahmatov ashulasidan

Qayd etilgan