"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 451-460
451. Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo'lganida, unga 70 marta janoza o'qiganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.
452. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo'lgan?
Javob: Abu Umora.
453. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur'on hofizlari, bir hofizi Qur'onga:"Ichimizda Allohga eng yaqin bo'lgan hofizi Qur'on", deya ta'rif berishgan. Bu ulug' baxtning sohibi qaysi sahobiy bo'lgan?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud.
454. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo'ldi". Bu so'zlarni bir sahobiy boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar. Bu ikki sahobiyni toping.
Javob: Bu so'zlar Umar r.a.ga nisbatan aytilgan.
455. Abu Hurayra r.a. kimni qo'llarida Islomni qabul qilganlar?
Javob: Tufayl ibn Amr.
456. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday sirli bog‘liqlik bor?
Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident bo‘ldi. 25-prezident Jon Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni o‘ldirgan qotillarning ham tug‘ilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala Jonsonning tug‘ilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga o‘limi oldidan shu tadbirni qoldirishni maslahat bo‘rgan edi.
457. U katta plantator va quldor bo‘lgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning qo‘lida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: Jorj Vashington.
458. Qaysi Respublika 11ta davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.
459. Sayyoramizda "œeng ko’p mehnat qiluvchi halq" kimlar?
Javob: Ma'lum bo'lishicha yaponliklar sayyoramizda eng ko'p mexnat qiluvchi xalqdir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra har bir yaponlik yiliga o'rtacha 2096 soat ishlab chiqarishda band bo'lar ekan. Ikkinchi o'rinda - Shveysariya - 1966 soat, amerikalialar esa yiliga o'rtacha - 1909 soat ish bilan shug'illanib, dunyoda uchinchi o'rinni egallab turibdi.
460. Dunyoda eng ko’p ijro qilinadigan qo’shiq qaysi?
Javob: Haррy birthday to you.