«Yuz martaba tavbani buzgan bo’lsang ham yana kel, bu umidsizlik dargohi emas!» Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlariga nisbat berib, uning maqbarasi ustidagi lavhada yozilgan bu so’zlar aslida eronlik boshqa bir shoirga tegishli. Ya’ni pushaymon bo’lib, «Ey Rabbim, so’z bergan edim, ammo chiday olmasdan yana gunoh qildim, meni afv etasanmi?..» Sidqi dildan xatosini tushunib, pushaymonlik his etib, u yo’ldan qaytganlarni Alloh taolo hazratlari afv etadi.
Inson o’z haddini bilishi, xatosini tan olishi, bo’ynini egib, «Yo Rabbi, bilaman, gunohkorman, qusurliman», — deb aytishi lozim!..
Qarang, arablar qamariy oylarni boshi, o’rtasi va oxiri deb uch qismga bo’ldilar. Boshidagi o’n kunga, ashri-avval, o’rtasidagi o’n kuniga ashri-avsat, oxiridagi o’n kunini esa ashri-oxir deb ataydilar. Bu muborak, go’zal oyning to’la o’n kuni ham o’tib bo’ldi. Ramazonning ashri-avvali qo’ldan ketdi. Qaytarilishi mumkin bo’lmagan ne’matlardan biri, bu zamondir. O’tdimi orqaga qaytarib bo’lmaydi. Qaytarish mumkin emas.
Mo’’minga eng buyuk nasihat, eng buyuk dakki bu — vaqtning qadr-qimmatini bilishi, umrini yelga sovurmay, har soniyasini go’zal holda o’tkazishi, g’ofil qolmasligidir. Shuning uchun ham tariqat buyuklarimiz: «Darvesh «hush dar dam» — asosiga qat’iy amal qilib, har nafasda hushyor bo’lishi lozim!» — deganlar.