Dilshod:
Mashhur "Romeo va Juletta" asari o'zbekona, zamonaviy talqinda!!! 14 fevral kuni katta primyerasi bo'lib o'tgan mazkur film shu kungacha "Alisher Navoiy" nomli sa'nat saroyida namoyish etilib kelinmoqda. Film rejissiyori - "Sarvinoz", "Baht uchun million", "Fotima va Zuhra" va shu kabi eng kassabop kartinalarni tasvirga tushirgan Bahrom Yoqubov. Bundan oldin "œRomeo va Juletta" asari asosida dunyoning eng ko’zga ko’ringan rejissorlarigina film ishlashga jazm etgan. Mana guvohi bo'lib turibmizki, bizda ham endi bu asarning o'zbekcha, zamonaviy talqini mavjud. Film scenariysi yozib bitirilgach, katta ekranga "Romeo va Juletta yohud la'natlangan sevgi" nomi bilan chiqdi. Film o'zbekona bo'lganligi bois, qahramonlar ham o'zbekcha ismlar atalgan. Romeo-Ravshan, Juletta-Jamila. Film obrazlarini talqin etuvchi o'zbek aktyor va aktrisalari judayam qattiq sinovlardan o'tishgandan so'ng, Romeo roliga estrada honandasi Shohruxhon, Juletta roliga esa Zarina Nizomiddinova tanlab olindi. Shohruxhonning katta sahnani ko'rib ulgurgani va shu sohada ta'lim olishini inobatga olsak, balki qaysidir manoda unga ishonish mumkindir. Ammo rejissyorning aytishiga qaraganda Juletta obraziga mos aktrisa topish biroz mushkul bo'lgan. Juletta roliga mos aktrisaga bo'ladigan talab- qiz juda yosh va go’zal, shu bilan birga aktrisalik mahorati yetarli darajada bo’lishi shart edi. Nihoyat bunday aktrisa ham topildi. Yuqorida aytilganidek O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovning kenja qizi — 16 yoshli Zarina Nizomiddinova bu rolga mos deb topildi. Zarinani ko'pgina forum ishtirokchilarimiz tanisa kerak. Kichkina qizaloqligida adasi bilan "Adajon uni olib bering, buni olib bering" degan manodagi qo'shig'iga klip chiqarishgandi. Hullas kinoning mazmun-mohiyati haqida, albatta uni o'zingiz tomosha qilganingizda hulosa chiqarib olasiz.