Holbuki, Iblis o‘z nafsining aybdorligini tan olmadi, qilgan ishiga afsuslanmadi va nafsiga tanbeh bermadi. Tezda tavba qilib, Allohning afvini so‘rash yo‘liga yurmadi. Aksincha, Allohning rahmatidan umidini uzdi, kibrlandi.
Kimki Iblisday harakat qilsa, tavbasi qabul qilinmaydi. Kimki Hz.Odamday harakat qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Chunki nafsning shahvoniy hoyu-havasidan yuzaga kelgan gunohning afv etilishidan umid qilsa bo‘ladi. Kibr va manmanlikdan yuzaga Kelgan gunohning esa afv etilishidan umid yo‘q. Hz. Odamning gunohi nafsning shahvoniy orzusi tufayli yuz bergandi. Iblisning gunohi esa kibr va manmanlikdandir.
Bir kun Iblie Hz. Musoga kelib, dediki:
- Alloh senga payg‘ambarlik berib, xos qullaridan qilib oldi, sen bilan suhbatlashib turadi.
Muso:
- Shunday, xo‘p, muroding nima, sen kimsan?
Iblis:
- Ey, Muso, Rabbingga: «Bandalardan biri tavba qilmoqchi!» — deb ayt.
Iblis shu so‘zlarni aytayotganda, Alloh vahiy yo‘li bilan Hz.Musoga ma’lum qildiki:
- Ey Muso, oldingga kelgan shu bandaga — bayonnomang qabul bo‘ladi, agar Hz. Odamning qabriga sajda qilsaig, tavbang inobatga olinib, o‘zing afv etilasan, deb ayt.
Hz. Muso Allohning bu vahiysini Iblisga bildiradi, lekin Iblis achchiqlanadi va shunday deydi:
- Ey Muso, Men jannatda uning (Hz. Odamning) tirigiga sajda qilmadim, endi o‘ligiga sajda qilamanmi?
Bir kun Iblis dediki:
—Yo Rabb! Odam tufayli meni jannatdan quvding. Faqat bilib qo‘y: Sen meni qanday bezor qilgan bo‘lsang, men ham uni shunday bezor qila olaman.