Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 752571 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 ... 155 B


registan  12 Noyabr 2009, 20:58:00



Ortimdan so'kasiz g'iybatlar qilib
Laqablar to'qiysiz,guyo sher bo'lib
Doimo o'tayin ustizdan kulib
Hali a'zo bo'lmagan,forum a'zosi


registan--sizga atalmagan, lolo--sizga ham, Twister--siz ham to'g'ri umid qilyapsiz... :)

Pessimist deydilar bunday insonni,
Qo’polligi bilan o’rtaydi jonni,
Yaxshini yer qilib, maqtar yomonni,
Hecham ko'ngli to'lmagan forum a’zosi.


ChehMik - sizga atalgan. :)

Qayd etilgan


Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 21:04:07

Chota borgan sari namyogiyla ochu dil izhoriga aylanib ketvottimi a? :)
Sal pauza qilib, sigaret-pigaret, iy uzr, choy poy ichib kelishiylani maslahat beraman... ;)

Qayd etilgan


Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 21:34:43


notug'ri chundiz registanni she'rini :)

u kishi,manga nasihat qivottila,keyin shu nasihat sizga atalgan degan ma'noda etvottila :)
Shu shoirsipat bollani anaqa manaqasini yaxshi chummiymande. Ha primoy, bez namyok etib qo'yursayam bulurardiku, ma kereyi bor, qiynalib qofiya tanlashni... ;)

Qayd etilgan


lolo  13 Noyabr 2009, 05:52:36

 :as:
Bunaqa sherla yozib turish orqali osmonga uchib ketvatgan shoirlani oyog'idan tortib pastga tushirib qo'yamiz. Sher yozish vohmali ishamas, hammamizzi qo'limizdan keladi. Davay davom etila sheriy uslubda, kesatiqlani esa shubhali yozmasdan, kim haqida gap ketvatgan bo'sa aniq qilib etila, bettigila inshaalloh hafa bb arazlidiganlamas!

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Noyabr 2009, 06:05:24

Da'vat qilsangiz ko'zim quvonar,
Haqiqatni so'zlasangiz hamma quvonar!
Ba'zida marazsiz, ba'zida haqsiz...  ;D
Siz yaxshi odamsiz, forum a'zosi!


P.S. Y_U_R_I_S_T ni to'rtligi rosa yoqdi lekin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Noyabr 2009, 10:48:53

Iqtibos
registan
Postingizda mavjud olam ma'nosi,
Ilhomingiz erur qalam shaydosi,
Alisherdan qolgan ijod me'rosi
Ko'zimning nurisiz forum a'zosi.

Y_U_R_I_S_T
Fikringiz ajoyib, qilaman hurmat,
Maslahatingizga kiraman albat,
Tanqid ham qilaman, bu emas g'iybat...
Ko'zimning nurisiz forum a'zosi.

Mr.Twister
Salomni o`rgatdiz, berdingiz ibrat,
Buning uchun sizga olamcha rahmat.
Tanqid uchun rahmat, ko`rmangiz tuhmat,
Ko`zimning nurisiz forum a'zosi.

ChehMik
Qovunlar tushiras gohida to'p-to'p
Bir qo'lizda tasbehu,birida cho'p
Basharangga qarab degim kelar "So'f"
Peshanam sho'risiz forum a'zosi

registan
Mo'minsiz, mo'minning bo'ling ko'zgusi,
Ota-onangizning tilak-ezgusi,
Dunyoning shundog'am yetar qayg'usi,
Qalbimning qo'risiz forum a'zosi.

Y_U_R_I_S_T
Hazillarimizdan bo'lmang siz araz,
Barchasi samimiy, yo'q hech bir g'araz,
Ba'zida sho'xmizda, ba'zida maraz,
Zo'rlarning zo'risiz forum a'zosi!

registan
Ba'zan yig'lab olib ba'zida kulib,
Ba'zan piching qilasiz, gapni ho'p burib,
Ba'zan sukut qilib, ba'zan do'q urib,
Goh quyon goh, bo'risiz forum a'zosi.

Salmon Forsiy
Dilimni yoritgan nurdir so'zingiz,
Donolar donosi asli o'zingiz.
Hech g'amgin bo'lmasin sizning qalbingiz,
Shirin so'z gadosi,forum a'zosi.

registan
O'zbekning dardiga bo'ling davosi,
Navoiyning dildagi g'azal-navozi,
Bobur bo'ling, armon bo'lgan vatan havosi,
Ajdodlar merosi, forum a'zosi.

ChehMik
Ortimdan so'kasiz g'iybatlar qilib
Laqablar to'qiysiz,guyo sher bo'lib
Doimo o'tayin ustizdan kulib
Hali a'zo bo'lmagan,forum a'zosi

registan
Pessimist deydilar bunday insonni,
Qo’polligi bilan o’rtaydi jonni,
Yaxshini yer qilib, maqtar yomonni,
Hecham ko'ngli to'lmagan forum a’zosi.

Mahdiyah
Da'vat qilsangiz ko'zim quvonar,
Haqiqatni so'zlasangiz hamma quvonar!
Ba'zida marazsiz, ba'zida haqsiz...  
Siz yaxshi odamsiz, forum a'zosi!


Postingiz o’qiyman, goho kulaman,
Gohida yig’layman, sochim yulaman,
Dardingizga o’zim malham bo’laman,
Doim omon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

Fikringiz o’zgarar, tezda, bir pasda,
Ming fikr aytasiz bitta nafasda,
Goho achinaman, goho havasda,
Go’zal zamon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

Samimiy bo’lasiz, har bir a’zoga,
Loyiqsiz rahmatga, ba’zan jazoga,
Yo’l qo’ymaylik endi, oddiy nizoga,
Tinchlik tomon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

Robiya, Mahdiyah, Munira xonim,
Kapalak opaga baxsh etgum jonim,
Lolo opajonga sarflay har onim,
Sahih iymon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

AbdulAziz hamda registan aka,
ChehMik, Chustiylardan oshar malaka,
Arbuzchini yaxshi bilmayman poka,
Mag’rur makon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

Meni aytmadi deb bo’lmangiz xafa,
Eslayman albatta keyingi dafa,
Barchangizdan o’rgandim ajib falsafa,
Xurshidi Rahmon bo’ling, forum a’zosi,
Qalbi Qur'on bo'ling, forum a'zosi!

Mendek yomon bo’lmang, forum a’zosi"¦

Qayd etilgan


Mr.Twister  13 Noyabr 2009, 14:41:16

Ba'zida to`ldirib postlar qo`yasiz,
Goh faol, goh sustsiz, yozmay qo`yasiz.
Doim savob ishni qilib yurasiz,
Solih farzand bo`ling, forum a'zosi,
Qalbi Qur'on bo`ling, forum a'zosi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  13 Noyabr 2009, 14:47:09

Bismillah deb ko`zini ochgan,
So`rashsa Alhamdulillah degan,
Zikrni uyqudan ustunroq qo`ygan
Allohning suygani, forum a'zosi

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 22:45:18

Sizlarni yozgan she'rlaringizni ko'rib "Kelin salom"da hammaga bitta-bitta sher aytib chiqilishi esimga tushib ketdi  : )

Ana talant-u mana iste'dod : )

Qayd etilgan


registan  13 Noyabr 2009, 23:02:54

Sizlarni yozgan she'rlaringizni ko'rib "Kelin salom"da hammaga bitta-bitta sher aytib chiqilishi esimga tushib ketdi  : )

Ana talant-u mana iste'dod : )

Sizam bitta kelin salom aytib qo'ying opa. ;D

Qayd etilgan