Javob: Hayot o'tkinchi, dunyo o'tadi. Haqiqiy hayot esa o'limdan keyin. Har birimizning boshimizda o'lim bor. O'lmaydigan inson yo'q. Hammamiz bir kun kelib tuproq bo'lamiz. Kimimiz bo'lishidan qat'iy nazar bir kun kelib uni ham tuproqqa qo'yamiz. Yig'laymiz, duo qilamiz. Ancha vaqtgacha ko'nika olmasligimiz ham mumkin. Lekin bir kun kelib hammasiga ko'nikamiz. O'lganlarni unutish yaxshi emas. Unutish degani duo qilmaslik. Unutish haqiga qur'on o'qimaslik degani. Ko'proq Qur'on tilovat qilib, ularga bag'ishlashimiz kerak. Shunda ularning ruhi taskin oladi.
Savol: Ba'zida musulmonlar hayot qiyinchiliklaridan qochib o'lim kelsaydi, deb qolishadi. Nahot, ular o'limga shu qadar tayyor bo'lishsa. Oxiratga zahira haqida o'ylab ko'rmaydilarmi?
Shunday insonlarga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?