BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QURBONLIK, OV VA OVGA TASMIYA AYTMOQ HAQIDA KITOB
Olloh taoloyaing qavli: «Harom qilindi sizlarga o‘zi o‘lgan jonivor va qon va to‘ng‘iz go‘shti va ul jonivoriki, unga Ollohdan boshqaning nomi aytilsa va bo‘g‘ilib o‘lgan jonivor va urilib o‘lgan jonivor va balandlikdan yiqilib o‘lgan jonivor va suzib o‘ldirilgan jonivor va darranda yeb (tishlab) o‘ldirgan jonivor, magar halol qilib olganlaringiz (ochliqdan nochor qolsangiz, shari’at yo‘li birlan so‘yilmagan jonivor go‘shtidan o‘lmay qoladirgan miqdorda iste’mol qilsangiz bo‘lur) va jonivoriki, so‘yilur Ka’badan boshqa ibodatxonalar uchun va taqsim qilmoqlaringiz qimor o‘qlari ila (johiliyat davridagi odamlar o‘z qismatlarini sinashda qo‘llagan ikki tomoni uchlik va o‘rta qismi yo‘g‘on tayoq bo‘lib, undan ovda ham foydalanganlar), bu hammasi gunoxdur, bugun noumid bo‘ldilar kofirlar sizlarning dinlaringizdan, endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!».
Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, albatta Olloh taolo sizlarni qo‘llaringiz va nayzalaringiz kasb etib turgan bir kichik ov jonivori ila (ham) imtihon qilurki, toki bilsin Olloh taolo kim ko‘rmay turib undan qo‘rqur va kimiki bundan keyin haddan oshsa, bordur unga dardli azob!».
Olloh taoloning qavli: «Halol qilindi sizlar uchun o‘txo‘r hayvonlar» («endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!» degan qavligacha, «Al-Moida» surasi).
Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim («Mi’roz» — ko‘pincha bir tarafiga temir uchlik o‘rnatiladirgan ogir yogoch yoki kaltak bo‘lib, ba’zilar uni «Ikki uchi o‘tkir va o‘rta qismi yo‘gon paqiz nayza bo‘lgan»,— deyishadi. Johiliyat ahli uning ila o‘z qismatlarini sinaganlar. Ov vaqtida ersa uning uchlik tomoni qolib, yon tomoni birlan hayvonni urib o‘ldirganlar) Janob Rasululloh «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan jonivorni yeyaver, uning yon tomoni birlan jarohat yetkazilgan jonivor ersa urib o‘ldi-rilgandur (harom o‘lgandur)»,— dedilar. Keyin, ul zotdan tozi birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Ul zot «Agar iting o‘ljani tutib olgan bo‘lsa-yu, itingning yonida yana boshqa bir itning turganini ko‘rib, «Itimning o‘ljasini u tortib olmasaydi!» — deb qo‘rqsang va o‘sha begona it sen o‘ylagandek o‘ljani tortib olib, o‘ldirib quysa, uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya («Bismilloh») aytgansan, begona itga aytmagansan»
— dedilar»