30/8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso Tolaqoniydan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, «Namozingga qo‘shib ota-onangga ham namoz o‘qimog‘ing va ro‘zangga qo‘shib ota-onangga ham ro‘za tutmog‘ing yaxshilik qilganingdan keyingi yaxshilikdir», deyilgan hadis (menga) yetib keldi», desam, Abdulloh: «Ey Abu Ishoq, bu (hadis) kimdan?» dedilar. Men: «Bu Shihob ibn Xiroshdan», deganimda, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Hajjoj ibn Dinordan», desam, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar», dedim. Shunda u zot: «Ey Abu Ishoq, Hajjoj ibn Dinor bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rtalarida (ulov) hayvonining bo‘ynini kesuvchi uzoq cho‘l yo‘li bor. Va lekin sadaqada ixtilof yo‘qdir», dedilar». (Ya’ni, bu hadis hujjat qilinmaydi. Lekin kim ota-onasiga yaxshilik qilishni xohlasa, sadaqa qilsin. U mayyitga yetib boradi.)