— Biz Payg‘ambarimizdan Olloh vahiy etib tushirgan Qur’on oyatlarini o‘rgandik.
— Qani, shulardan menga o‘qib berchi bo‘lmasa! Ja’far Maryam surasidan o‘qiy boshladi:
— (Ey Muhammad) ushbu kitobda Maryamni zikr qilding: U o‘z ahli oilasidan chetga — kun chiqar tomonga borib, ulardan berkinib olgan paytida, Biz unga o‘z ruhimizni (ya’ni, Jabroilni) yubordik. Bas, u (Maryamga) busbutun (ro‘yrost) odam bo‘lib ko‘rindi. (Maryam
unga); «Men Rahmonga (ya’ni, Ollohga) sig‘inib, sendan panoh berishni iltijo qilurman. Agar (Ollohdan) qo‘rquvchi bo‘lsang (menga ziyon yetkazmagin)», dedi. (Jabroil) aytdi: «(Qo‘rqmagin) men faqat senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) Parvardigoringning elchisidirman, xolos». (Maryam) dedi: «Menga odamzod tegmagan bo‘lsa, buzuq ayol bo‘lmasam, menda qayoqdan farzand bo‘lsin?!» (Jabroil) aytdi: «Shunday, Parvardigoring ayturki: «Bu (ish) Menga osondir. Biz u (bola)ni odamlar uchun oyat — mo‘‘jiza va O’z tomonimizdan bo‘lgan rahmatmarhamat qilurmiz. Bu bitgan ishdir. Bas, (Maryam) unga homilador bo‘lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. Bas, to‘lg‘oq azobi uni bir xurmo daraxtining shoxiga olib bordi (va u shoxga osilgan holda ko‘zi yorigach) dedi: «Qani, mana shu (kundan) ilgari o‘lib ketsamu, butunlay unutilib ketsam edi». Shunda (xurmo daraxtining) ortidan (Jabroil) nido qildi: «G’amgin bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo daraxtining shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yebichgin, shodxurram bo‘lgin. Bas, agar odamzoddan birontasini ko‘rib qolsang (va u sendan bu bolaning otasi haqida so‘rasa), u holda: «Men Rahmon yo‘lida ro‘za tutmoqni nazr (axd) qilganman, bas, bugun biron insonga so‘zlamayman», degin». So‘ig (Maryam bolasini) ko‘targan holda kelganida, ular: «Ey Maryam, sen hech kim qilmagan ishni qildingku! Ey Xorunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!» dedilar. Shunda (Maryam so‘zga og‘iz ochmasdan bolasiga) ishora qildi (ya’ni, uning o‘zidan so‘ranglar, dedi). Ular aytdilar: «Beshikdagi go‘dak bilan qanday so‘zlashurmiz?!» (Shu payt chaqaloq, ya’ni, Iso tilga kirib) dedi: «Men Ollohning bandasidirman. U Zot menga Kitob — Injil ato etdi va meni payg‘ambar qildi. Yana meni qaerda, bo‘lsam, xayru barakotli qildi va modomiki hayot ekanman, namozni (ado etishni) va zakotni (ato etishni) amr qildi. Shuningdsk, (Olloh) meni onamga mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlikomonlik bo‘lur». Ular (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) shakshubha qilayotgan Iso ibni Maryam (haqida Ollohning) Haq so‘zi mana shudir. Olloh uchun hech qanday bola tug‘ish joiz emas — U Zot (bunday nuqsondan) pokdir. U biron ishni qilmoqni istasa, faqat unga «Bo‘l», der. Bas, (o‘sha ish) bo‘lur. (Iso aytdi:) «Albatta, Olloh Parvardigorim va Parvardigoringizdir. Bas, unga bandalik qilingiz! Mana shu haq yo‘ldir!» (16 — 36).
Bu oyatlarni tinglar ekan, hukmdorning (Najoshiyning) ko‘zlaridan yoshlar oqar edi. Din arboblarining orasida ham yig‘laganlar bo‘ldi. Hukmdor ko‘zyoshlarini artib:
— Bu kalom Isoga va Musoga tushirilgan manbadan keladi. Ularning qandillari yog‘du olgan chashmadan ziyoolur, — dedi. Egildi, yerdan bir cho‘p olib, dedi: — Haqiqatdan, asl Iso sizlar bayon qilganlaring Isodan mana shu cho‘pchalik ham farq qilmaydi.