Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: "œVaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin". U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: "œRabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?" deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: "œRabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi". Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: "œMenga buyurilgan ishni qildim", dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: "œEy Allohning nabiysi! Menga yordam ber!" deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: "œEy Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman". Nabiy o‘zicha o‘yladi: "œMen uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: "œQanday qilsam ekan?" o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: "œEy Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin", deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: "œEy nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin".
"Tanbehul g'ofiliyn"dan