Hikmatlar shodasi  ( 361050 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 92 B


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:58:04

So'zlashdan avvalo'yla. O'ylamasdan aytilgan so'zlar qalblarni o'ldiradi.

Shahvatni, yomonlikni uyg'otadigan har bir so'zdan va fikrdan o'zingni asra.

Insonlarning eng yahshisi Alloh yo'lida boshqalarga yordamchi bo'lganidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 08:59:47

So'zida turgan odamgarchilikni kuchaytirgan bo'ladi. So'zidan qaytgan esa odamgarchilikdan qaytgan bo'ladi.

Dinda g'ayratli bo'lgan kishi Haqning do'sti bo'ladi.

Mo'mindan ranjigan kishi Rasulullohga s.a.v. azob bergan bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:01:13

Hulq-atvor kishining insoniylik oynasidir.

Yomon hulq kofirning, yahhsi hulq mo'minning odatidir.

Foydasiz so'z, foydasiz dori kabidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:03:22

Ilm va haqiqtaga uyg'un so'zlar ta'siri kuchli doriga o'hshaydi.

Tarbiyasizlik baloga o'hshaydi. Yahshi hulq baloni daf qiladi.

Ko'p soz'lashdan hazar qil, oz so'zlashga rag'bat q il.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:04:36

Insonlarning qo'lidagiga hasad qilm, aksincha ko'ngling rohat olsin.

Hasaddan saqlan, hasad qalbni va ahloqni o'ldiradi.

Hayosizlik insonga balolar eshigini ochadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:07:11

To'rt go'zal hulq insonni to'rt yuksaklikka erishtiradi:Sukut saqlagan salomatlikka, huquqqa rioya qilgan yukslishga, yahshilik qilgan saodatga, shukr qlgan ne'matning ziyodaligiga.

O'ylamay gapirgan pushaymon bo'ladi. Tadbirsiz ish qilgan nadomat chekadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:09:01

Qo'li bo'sh borganni  qo'li bo'sh qaytadi.

Ibrat bilan qaragan haqiqatga erishadi.

Qalbi pok kishi yoqimli suhbatlashadi.

Tabiati go'zal kishi insoniylikni his qiladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:11:08

Marhamatli inson iymonli bo'ladi.

Yahshi o'ylagan kishi yahshi ish qiladi.

Hayolga tolgan kishi yomonlikka uchraydi.

G'azabini yengolmagan kishi ahloqini yo'qotadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:12:25

Qalbi kir kishi ahloqsiz bo'ladi.

Iymonli inson ahli taqvo bo'ladi.

Dushmandan qo'rqqan kishi hushyor turadi.

Pul topishni bilganing kabi uni sarf qilishni ham bil.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:14:26

Dunyo - aldamchi. Unga aldanma. Aldansang Ohiratga qo'ling bo'sh ketadi.

Har qanday holatda ham shukr qilishni bil. Toki ne'matlaring ortsin. Alloh taolo shukr qiluvchilarni sevishini bil.

Yahshi yashashni istasang yahshi do'st top.

Qayd etilgan