Koʻk Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz  ( 129979 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 31 B


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:24:54

Bu yerda hech kim bizga e'tibor bergani yo‘q, kimdir Rumiydan o‘qishni boshladi, qolganlar undan zavq olib, ohista tebranib o‘tirishdi. Chorak soatlar chamasi o‘tgach, orqa tarafimizdagi eshik ochilib, ularning Piri bir necha kishi kuzatuvida ichkariga kirib keldi. Hamma qatori biz ham o‘rnimizdan turdik va bizdan tashqari, turganlarnnig barchasi maxsus madhiyani kuylay ketdi. Bir paytning o‘zida har bir kishi qatorlar orasidan o‘tayotgan Pirning qo‘lini o‘pishga intilardi. Bir g‘aroyib tuyg‘u ichra Pirning barmoqlari bo‘g‘inlarini qisgan holda ochiq qo‘lini o‘pish uchun egilgan edim, bu harakatim shunaqa beo‘xshov chiqdiki, Pir menga g‘alati qarab o‘tib ketdi. O'zimga ham juda kulgili tuyulgan ushbu holni hisobga olmaganda, qolgani ancha ko‘ngildagidek kechdi, hech kim bizni ajnabiyga yo‘ymadi va zikr, tafakkur mashqi boshlab yuborildi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:25:02

Keling, batafsilroq ayta qolay: Ustoz qorong‘i burchakda birgina sham yorug‘ida Qur'ondan oyatlar o‘qidi, qolgan jamoat esa uni jo‘r bo‘lib qaytardi. Keyin Pir o‘qishini tezlashtirdi va biz ham ba'zi oyatlar, muqaddas so‘zlar va oxirida yolg‘iz Allohning nomini takrorlab turdik. Xudoning 99 ismini zikr qilishni tugatgach, Ustoz faqat «Alloh» kalimasini aytishni buyurdi. Keyin u «U» degan ma'noni beruvchi «Hu» so‘ziga o‘tdi va biz chuqur-chuqur nafas olib «Hu-hu-hu» deyishga kirishdik.
Siz buni boshdan kechirishingiz kerak. Tushuntirib berishga so‘z ojizlik qiladi. Faqat bir qiyos: bolaligimizda buvim turfa bayramlar arafasida pudab shishirilgan sharlar sotuvchisi edi va biz u sharlarni shishirib berib turardik. Agar birdaniga yigirmata sharni pudalsa, o‘zingizni shunday his qilasizki, xuddi o‘sha sharlar kabi yengil va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolasiz va biror kishi shunchaki barmog‘ini tegizib qo‘ysa, osmonu falakka uchib ketguday bo‘lasiz. O'sha tun ham shunday kechinmani tuydik.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:25:12

78

Majlis nihoyasida nima bo‘lganini bilasizmi? Biz yig‘inni namoz boshlangach tark etdik, kitob sotuvchimiz bizni tashqariga kuzatib chiqarkan, futbolchimizning g‘oyib bo‘lganini sezdim. Sotuvchi forschada shunday dedi: «Ho‘tik dumini axtargani chiqib, ikki qulog‘ini yo‘qotib qaytdi». U bizni tungi avtobus bekatiga tashlab, uyiga qaytarkan, irfon nuri endi bizning ham ichimizga kirganiga ishontirdi. Ko‘chadagi boshqa odamlar orasida jimgina turarkanmiz, burchakda avtobus ko‘rindi va qayrilayotib chiroq ustuniga urilib ketdi. Natijada elektr simlari uzilib, har tomonga uchqun otildi. Yaqinroqda turgan kishi boshini changallab baqira boshladi. Biz bekatdan uzoqroqqa qochishga urindik. Kimdir: «Ushlang ularni!» deya baqirdi va ikki kishining qorasi ko‘rindi. Garchi u yerda bo‘lmaslikni afzal ko‘rsam ham, baribir endi voqeaning guvohiga aylangandim. O'ylaganim to‘g‘ri chiqdi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:25:18

Birdan xuddi o‘sha burchakda furgon mashina ko‘rindi va ikki daqiqa avval bekatda qichqirgan odam ikki politsiyaga qo‘shildi. Ular qochib ketganlarni emas, balki bizni qo‘lga olishdi va mashinaga o‘tirishga ishora qilishdi. Men ajnabiy ekanligimiz, bo‘lib o‘tgan voqea bilan hech qanday aloqamiz yo‘qligi, kechki ibodatdan kelayotgan futbolchilar ekanimizni isbotlashga urindim. Temirni qizig‘ida bosishga urinib, nafaqat politsiyaga, balki mashinadagi jinoyatchilarga ham murojaat qila ketibman. Harqalay, ular bizning jinoyatchi emasligimizga kafil bo‘lishdi. Ular boshlarini qimirlatishdi. Endi xursand bo‘lib, yonimizni oladiganlar ham bor ekan-ku, deb turganimda, jinoyatchi deb o‘ylagan kishilar fuqaro kiyimini yechishgan edi, barchalari politsiya ekani ayon bo‘lib qoldi. Ularning barchasi boshini qimirlatib, battar ustimizdan xaxolab kuldi. Men esa o‘zimni tutib turolmasdan, xuddi kinofilmlardagiday: «Advokatim bilan ko‘rishishga ruxsat beringlar!» deya baqira boshladim. Politsiyachilar esa kulgidan arang tiyilib turishardi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:01

79

At-Tohariy tarixiy risolasida shunday yozgandi:
Hamma joyda ham odamlar asir bo‘lishning avval o‘ylanganidan ko‘ra jiddiyroq va xavfliroq ekanini tushunib yetishgan. Hammaning ichida qo‘rquv paydo bo‘ldi. Birgina islom dinining bilimdoni buxorolik Shahzoda Niyan-Siang hamma narsa Alloh qo‘lida ekanini bilardi. U ustozi ibn Qusamning so‘ziga quloq solib, kundalik ibodati sonini o‘n to‘qqiztaga ko‘paytirdi. Uning vafodorligini nafaqat To‘g‘luk tilmoch, balki tulki ovchisi Tongyuquq ham aytib o‘tgan.
Shundan so‘ng At-Tohariy mavzuni butunlay o‘zgartiradi, lekin Zev keltirib o‘tgan rus rohibi Yefrem Valaamov avvalgi xatlardan birida deydiki:
Nestoriyalik rohiblar Turk hoqonlari saroyida katta rol o‘ynagan va bu Ko‘k Turklari Saltanatining inqirozida muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning merosxo‘rlari bo‘lmish uyg‘urlar bu ta'sir darajasini bilishgan, haqiqatda ularning davlati Nestoriyaliklar davlati bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda Shahzoda Kul-Tegin vafotidan so‘ng Bilga Hoqon saroyiga kelgan armanistonlik rohib haqida eslatib o‘tmasam bo‘lmas. U marhum Kul-Teginnning xotini nazarida g‘oyat ahamiyatli kishi edi (shu bois armiya nazarida ham), chunki kunlarning birida Kul-Tegin qusishi uchun unga o‘simlikdan tayyorlangan dori bergan va hayotini saqlab qolgandi.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:11

Keyinroq Valaamov do‘sti Tenzig rohib haqida yana boshqa bir parchani keltiradi:
Bir gal u menga odatiy majlislarning birida Bulen bilan ba'zi diniy masalalar borasida tortishib qolgan xitoylik general va quruvchi haqida o‘qib bergan. Maqbara quruvchi o‘zining nafaqat jismni, balki ruhni ham saqlab qolganini isbotlagan, shunga qaramay, Bulen avvalo ruhni uni ozod qilishdan va keyin qayta mujassamlashdan saqlashini aytgan. Shunda General ularning so‘zini bo‘lib, Bulendan o‘z nazariyasini isbot qilib berishini taklif etgan. Bulen esa bu asosda o‘lishdan bosh tortgan, bunga bir vaqtning o‘zida ham ob'ekt va sub'ekt bo‘lolmasligini sabab qilib ko‘rsatgan, lekin agar General ozod bo‘lish va qayta kirish ob'ekti bo‘lishga rozi bo‘lganda, u nazariyasini isbotlay olgan bo‘lardi. General bu taklifni darhol qabul qilarkan, oldindan bir necha shart qo‘yadi. Meni bunga bog‘lanib qolmasligim uchun Tenzig rohib boshqa hech narsa demagan.
Lekin Zevning o‘zi bu narsani sharhlab deydiki:
«Bu menga katolik ruhoniy bilan tortishgan ravvin to‘g‘risidagi latifani eslatadi. Ravvin ruhoniydan ulardagi eng oliy maqomni so‘raganda, ruhoniy «Pop» deya javob beradi. Ravvin esa kulib shunday deydi: «Lekin bizning o‘g‘il sizlarning Xudoyingiz bo‘lib qolishda muvaffaqiyat qozondi».

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:20

Generalning kayfiyatini his qila olsam ham, Yefrem Rohib maktubi bilan latifa orasidagi bog‘liqlikni tushunmadim. Quyida Fiona aytib bergan, lekin Lukka tegishli yana bir parcha:
Siz u yoki bu voqeaning qanday rivojlanishini hech qachon bilolmaysiz. Bir niyat bilan boshlagan ishingiz oxir oqibat mutlaqo teskari natija bilan tugashi mumkin. Bilga-Hoqon o‘zining mashhur ishini «tafakkur qaymog‘idan totish uchun» janozaga aytilgan mehmonlar bilan boshlagandi. Lekin oqibatda butun Saltanatni barbod qildi, o‘g‘lidan ayrildi, eng yaqin maslahatchisini o‘ldirdi, nikohini bekor qildi va nopok holatlarda vafot etdi. Tafakkur qaymog‘i-chi, u nima bo‘ldi? Alalxusus kim uni nihoyasiga yetkazdi?

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:28

Yo hayoti nursiz zindondagi qurt-qumursqalar ichida nihoya topgan Yorug‘lik Shahzodasi Manixeymi?
Ozod tabiatning ozod kuychisi bo‘lmish Tardush Inonchi Cho‘rning misolimi? Uning cheksiz qo‘shiqlari avval qog‘ozga, so‘ngra toshga o‘yib yozilganida va eng yomoni - o‘ziga so‘zma-so‘z qaytirlganda - u ikki ko‘zgu o‘rtasidagi yirtqich kabi telbaga aylanib qolgandi... Bechora yaralmish...
Bularning barchasi bir xil narsa xususida edimi, yo‘qmi, ana shuni bilmasdim.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:39

80

Qorong‘i yerto‘lada o‘tirarkanman, hayotimning qaysi qismida turganimdan xabarim yo‘q edi. Bu hozir sodir bo‘lyaptimi yo kelajakdami? Bu go‘yoki turmushning vaqtinchalik holati edi. Men unga odatiy hol sifatida qarashga ko‘nikib qolgandayman. Bu yerdan qutulib ketish uchun nima qilish keraligini o‘ylamayapman ham. O'zini botqoqlikdan sochidan tortib chiqargan Baron Myunxauzen emasman, vaqtimni tartibga solayotganim ham yo‘q. Shunchaki zim-ziyo yerto‘lada o‘tiribman xolos. Hech narsa ro‘y bermadi, bermayapti, bermaydi ham. Mana shu mening hayotim. Hech kim menga o‘zimchalik yaqin emas. O'zimga bek, o‘zimga xonman. Kuchli, davomiy, mangu, har narsa bo‘lib borayotirman.

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 12:26:49

81

Kundalik turmushda inson nimanidir o‘zgartirishga intiladi: kichik hayot kichik o‘zgarishlarni talab etadi, magar qarama-qarshi narsa rostga aylansa, bugun qotil yo o‘lik bo‘lsangiz, hayotingizning qanday kechishi butunlay oldindan aytib bo‘lmaganda, Xudodan o‘zingizni olisda qolgan zerikarli kunlarga qaytarishini o‘tinib so‘ray boshlaysiz. Sizga kulfat emas, tinchlik kerak. O'tgan kunlaringizni sog‘inib-sog‘inib ketasiz. Hozir men hattoki Fontenbloda yashaganimda qatnashishga ko‘nikkanim davralarni naqadar aziz bo‘lganini his qilmoqdaman. Uch katolik, bir juft musulmon, bir yahudiy xonim, ateist negr qiz, buddist rohib, menga o‘xshagan bir necha notanish kishilar - barchamiz yahudiy qizning hind yigitiga muhabbati kabi dinlararo masalalarni muhokama qilishga odatlangandik. Romeo va Julettadan aslo kam bo‘lmagan. Ota-onalar o‘z bolalariga qarshi, oshiqlar esa o‘z ota-onalariga, biz bo‘lsak - o‘rtada choy bilan biskvit yeb, o‘z fikrini bildiruvchi qozi.
Men uzr so‘raganim holda uzumni turli millat vakillari: arab, turk, grek va forslarning turlicha nomlagani xususidagi Rumiy hikoyatini aytib beraman. Ular hikoyatning mag‘zini chaqqunlaricha, aytamanki, har bir bog‘ turfa gullarga ega bo‘lsagina chiroylidir va undagi har kim o‘zini turfa gullarning biri deb o‘ylagani holda baxtiyorlik tuyadi.

Qayd etilgan