Assalomu alaykum ahli musulmon,
yig'i ham Alloh taalloning bir mo'jizasi. Odam yig'lashni hohlamaydi, lekin u beixtiyor ko'zidagi yoshlarni artishga majbur bo'ladi. Bu yoshlar sababi, balki bizning Alloh azza va jallaga tegishli bo'lgan, ruhimizdir.
Hammamizga ma'lmki, Qur'on suralarini yoddan o'qisakda, arab tilini bilmaganligimiz bois, ularning mag'zini (ko'pincha) chaqa olmaymizmaymiz, anglamaymiz. Taroveh namozini imomga iqtido qilib o'qiyotgan edik. Domla Quro'nni tushunganligi bois har o'qiganda uning mazmunini jarangiga chiqarib bera olardilar. Bir suraga keldikki, o'zlarini bosa olmay Qur'on oyatlarini xo'ng-xo'ng yig'lab (aslida qiroatni to'g'ri talaffuz etish uchun, qolaversa boshqalardan yashirishga harakat qilib yig'lamaslikka rosa harakat qildilar), bazo'r qiroat qilib oldilar. Shunda oyatlarni anglamagan bo'lsamda Allohning buyukligiga, uning oldida bir zarra kabi ham emas ekanligimni his qildim va beixtiyor yuzimga qolqib kelgan yoshlarni ichimga yutishga harakat qildim.
MEN U YOSHLARNI JUDA SOG'INAMAN!!!