Y_U_R_I_S_T, Musannif Adham, birodar, Muhseena, siddiqa ga
Sizni matbuot va TV ga mas'ul qilishdi.
Avvalo o'zgartiradigan yoki yangilik kiritadigan 3 ta narsa?
Rahmat savol uchun.
TV orqali insonlarga tasir qilish imkoniyati ko'proq.Albatta erkinlik bo'lib qolsa,kun kelib shu niyatlarga ham yetarmiz,inshaAlloh..
1.Albatta,Qur'oni Karim tarixi,payg'ambar s.a.v. hayotlarini yoritib beruvchi,asl manbalarga tayanilgan holda tayyorlangan hujjatli filmlarni tayyorlatib,efirga uzatgan bo'lardim.Masalan,Horun Yahyoning "Qu'ron mo'jizalari" kabi hujjatli filmlar taqdim qilgan bo'lardim.
2.Efirlarda odam ko'rganda qalblari buziladigan,ma'naviy dunyosini o'ldiradigan kiyimlarni kiyintirmasdim.
3.Odamlarni bugungi kundagi ayanchli ahvollarini ochiq oydin ko'rsatib berardim,misol uchun ichkilik haqida oladigan bo'lsak,muammoning asl negizi qachon va nima uchun boshlanganligi,uning oqibatlari nimalarga sabab bo'liayotganligi va uni davolash usullari....va hokazo..
Muhimi odamlarning kasal bo'lib borayotgan qalblariga oz-muncha shifo olib kirish nasib etishini xohlar edim..
Alloh barchamizni oxiratimizga foyda beradigan amallar qilishimizni nasib etsin.