Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268321 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 188 189 190 191 192 193 194 195 196 197 198 ... 270 B


Foniy  02 Aprel 2010, 11:03:03

 :as:
Abdulhafiz va Foniyga:

Siz o'qigan birinchi hadis kitob qaysi edi?
Savol uchun Rahmat, Olloh rozi bo`lsin!
Adashmasam, "40 Hadis" yoki "Odob axloqqa doir Hadislar to`plami", ikkalasidan birlari edi.
Olloh taolo, oz bo`lsa-da, bilganlarimizga to`liq amal qilishimizni davomli qilsin,

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 Aprel 2010, 12:02:37

Shoxjahon12, Musannif Adhamga:

So'nggi yuz bergan voqeliklardan
1) sizni eng xushnud qilgan xabar(lar);
2) sizni qayg'uga solgan xabar(lar) qaysi?

Savol uchun katta rahmat!
Qisqa javob berishga harakat qilaman:
1) O'g'limning tili chiqib, "Dada", deb chaqrishni boshlaganligidan boshim osmonga yetar darajada shod bo'lgan bo'lsam,
2) Bir do'stimning (do'st deyishga tilim aylanmayapti) meni aldab ketganligidan juda xafa bo'ldim.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Aprel 2010, 13:44:47

Shoxjahon12, Musannif Adhamga:

So'nggi yuz bergan voqeliklardan
1) sizni eng xushnud qilgan xabar(lar);
2) sizni qayg'uga solgan xabar(lar) qaysi?

1) Bir ukamiz yaxshi bir ish topib, ish boshlabdi. Shunga ancha xursand bo'ldim. 
2) Moskva metrosidagi portlashlar va uning natijasida kelib chiqqan musulmonlarga qarshi kayfiyat va tazyiqlar.

Qayd etilgan


Shokirbek  03 Aprel 2010, 09:12:30

Shokirbek akaga:

Hadisi sharifni o'rganishni boshlagan ilk paytingizda unda bayon qilingan hikoyalardan sizni judayam ta'sirlantirgan hikoya qaysi bo'lgan?

Bu muborak ilmni boshlaganimda bir ibratli hikoyaga duch kelgan edim (aslida kishini lol qiluvchi hikoyalar talaygina, ba'zilari sabr haqida, ba'zilari talabi ilm haqida, va hokazo turli mavzularda, lekin bu yerda aynan hadis ilmiga oid bir hikoyani keltirmoqchiman). Mustalah fani asoschilaridan biri imom Xatib Bag'dodiy (463-hijriyda vafot etgan) o'zining "Hadis izlab safar" nomli kitobining 153-sahifasida o'z sanadi bilan ushbu hikoyani keltiradi. Nasr ibn Hammod shunday deydi: "Sho'ba (ya'ni imom Sho'ba ibn Hajjoj Basriyni nazarda tutayapti, 160-hijriyda vafot etgan)ning uyi oldida hadislarni eslab o'tirgan edik. Men shunda: Isroil menga aytdi, u esa Abu Ishoqdan, Abu Ishoq esa Abdulloh ibn Atodan, Abdulloh ibn Ato esa Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan shunday rivoyat qildi: "Rosululloh zamonlarida navbatma-navbat tuya boqar edik, bir kuni kelsam, Rosululloh yonlaridagi sahobalarga shunday deb turgan ekanlar: kimki tahorat olib, tahoratni chiroyli qilib, ikki rakaat namoz oqib istig'for aytadigan bo'lsa uning gunohi kechiriladi. Men shunda "bay-bay" dedim, shunday ortimdan birov meni tortdi, qarasam Umar ibn Xatob, "bundan ilgarisi bundan ham ajoyib edi" dedi, men "nima dedilar?" dedim, u "kimki la ilaha illalloh Muhammad Rosululloh deb guvohlik bersa, Jannat eshiklaridan xohlaganingdan kir deb marhamat qilinadi, dedilar" dedi. Nasr (imom Sho'ba eshigi oldida rivoyat qilib beruvchi hikoya boshchisi Nasr ibn Hammod) aytadi: shu vaqt imom Sho'ba chiqib qoldilar-da, menga bir shapaloq tortib yuborib yana qayta uyga kirib ketdilar. Bir chetga chiqib oldim. Keyin ancha o'tgach yana qaytib chiqdilar. "Nega haligacha yig'lab o'tiribdi?" dedilar. Shunda unga Abdulloh ibn Idris "siz u yigitga qattiq tegdingizda" dedi. Shunda imom Sho'ba "Nima deyotganingga qara (ya'ni, gapirgan gapingni bilib gapir), aslida men bu hadisni Abu Ishoqdan o'zim eshitgan edim. U ham menga Abdulloh ibn Ato Uqba ibn Omirdan deb aytib bergan edi. Shunda men Abu Ishoqqa "Abdulloh ibn Ato kim?" desam achchig'I chiqib ketdi. Yonida Mis'ar ibn Kidom o'tirgan edi, unga qarab "menga bu hadis sanadini to'g'rilab berasiz, yo'qsa sizdan rivoyat qilgan hadislarimni olovga tashlayman" dedim. Shunda Mis'ar "Abdulloh ibn Ato Makkada (makkalik odam)" dedi. Men Makkaga shu hadis sanadini aniqlash niyatida bordim (e'tibor bering, Iroq mamlakatida joylashgan Basradan Makkaga). Abdulloh ibn Atoga uchradim, u "Sa'd ibn Ibrohim (Madinalik) menga aytgan bu hadisni" dedi. Molik ibn Anas (Madinalik mashhur imom) menga "u kishi bu yil haj qilmadi" dedi. Madinaga safar qildim. Sa'd ibn Ibrohimga uchrab undan mazkur hadis haqida so'radim. "Bu hadis sizlar tomondan, Ziyod ibn Mixroq (Basralik) aytib bergan menga" dedi. Ziyodni aytganda men o'zimga dedim: Bu qanday hadis bo'ldi, avval Ko'fadan chiqdi (Abu Ishoq ko'falik), bir qarasang Madinalik bo'lib, yana bir qarasang Basralik bo'lib turibdi. Shunday qilib yana Basraga qaytdim. Ziyodga uchrab hadis haqida so'radim. U menga "sizga to'g'ri kelmaydigan hadis (ya'ni siz hadis roviylari haqida talabchansiz, bu siz kutgandek roviylari ishonchli bo'lmagan hadis)" dedi. Aytib beraver, dedim. Baribir xohlamaysiz, dedi. Aytaverchi, dedim. Shunda: bu hadisni menga Shahr ibn Havshab Abu Rayhonadan (ya'ni u Uqba ibn Omirdan) rivoyat qilib bergan, dedi. Shahr ibn Havshabni aytishi bilan, "eh, bu hadis sanadini yakson qildi, ushbu hadis Rosulullohdan saheh sanadli bo'lib chiqqanida menga molimdan, bola-chaqamdan, barcha odamlardan ko'ra ham qadrliroq bo'lgan bo'lurdi" dedim, dedilar imom Sho'ba.

Mazkur hikoyadagi birgina hadis sanadini aniqlash uchun imom Sho'baning bu qadar qiyinchiliklarni boshlaridan kechirganlari, minglab, balki o'n minglab chaqirimni bosib o'tganliklari, bu hadisni deb oylab safarda bo'lganliklari o'quvchini lol etmog'I, payg'ambarimiz hadislariga yot narsalar aralashib qolmasligi uchun ulamolar nechog'li qiynalganliklarini doimo yodda tutmog'I zarur.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Aprel 2010, 22:44:02

Mahdiyah, Muslima, G_u_l_i, Muhseena, Siddiqaga:

Sizning dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan, haqni tanishingiz va hayotga qarashingizni o'zgartirgan voqea?

Ayni bir voqea ta'sir qilmagan.
Kimningdur gapi... eshitgan ma'ruzalar... o'qigan kitoblar...
va albatta Jannatni ilingan, yaxshilikni ilingan insonlarning nasihatlari....
Alloh ulardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Aprel 2010, 00:19:24

Sizning dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan, haqni tanishingiz va hayotga qarashingizni o'zgartirgan voqea?

Collegga Qabul bo'lganimda manimcha... Chunki 1050 oquvchilarni ichidan faqat 9ta odam qabul qilingandi.. Oshanda O'zimi hayotda o'rnim borligini,Va Agar odam Chin dildan bir narsani istasi va Allohdan tilasa,Albatta Alloh bu Istakni bajo qildirishini bilganman.. Manimcha bu voqea man uchun Faqatgina 'voqea" emas bu hayotimdagi Bo'gan kotta ozgarish./,........

Qayd etilgan


Muhseena  04 Aprel 2010, 06:43:21

Mahdiyah, Muslima, G_u_l_i, Muhseena, Siddiqaga:

Sizning dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan, haqni tanishingiz va hayotga qarashingizni o'zgartirgan voqea?
:as: Mani o'zgarishimga turtki bo'lgan hodisa bu qabr hayoti bilan tanishganimdan so'ng bo'lgan.Qancha yashashim,qanday yashashimdan qat'iy nazar mening borar makonim shuligini va meni faqat Allohgina barcha yomonliklardan saqlay olishini anglaganimdan keyin Islomni o'rganib,unga amal qilib yashashni istadim,alhamdulillah.Tor yo'ldan keng yo'lga olib chiqqan Allohimga hamdu-u sanolar bo'lsin.
:bs1:
A'lo surasi
1. (Ey Muhammad), eng oliy zot bo‘lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday ayb-nuqsondan) poklang!

2. U (barcha narsani) yaratib, raso qilib qo‘ygan zotdir.

3. U (har bir narsa uchun munosib yo‘lni) belgilab, (U narsani o‘sha yo‘lga) hidoyat qilib qo‘ygan zotdir.

4-5. U o‘t-o‘lanni undirib chiqarib, so‘ng uni qoramtir xas-xashak qilib qo‘ygan zotdir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 10:02:40

Mazkur hikoyadagi birgina hadis sanadini aniqlash uchun imom Sho'baning bu qadar qiyinchiliklarni boshlaridan kechirganlari, minglab, balki o'n minglab chaqirimni bosib o'tganliklari, bu hadisni deb oylab safarda bo'lganliklari o'quvchini lol etmog'I, payg'ambarimiz hadislariga yot narsalar aralashib qolmasligi uchun ulamolar nechog'li qiynalganliklarini doimo yodda tutmog'I zarur.

Alloh rozi bo'lsin. Shokirbek aka, hikoyanio o'qib, hadis uchun haris bo'lgan yana bir tolib haqidagi hikoya esimga tushdi:

HAQIQIY TOLIB

Andalus olimlaridan, buyuk muhaddis Baqi’ ibn Mixlat Imom Ahmad ibn Hanbaldan hadis eshitish maqsadida mashriqqa piyoda kelgan ekan. Bag’dodga yaqinlashganida Imom Ahmadni mo’tazila e’tiqodiga qarshi chiqqani uchun halifa Ma’mun uy qamog’iga tiqqanini eshitib, qattiq g’amga botdi.
Shu kuni shahardagi masjidga bordi. U yerdagi ilm xalqasida o’tirib, ustoz Yahyo ibn Ma’in (katta muhaddis, Imom Buxoriyning ustozlaridan)dan Ahmad ibn Hanbalning holatini so’rab, u zotning uylariga boribdi. Birov ko’rib qolishidan xavotirda ichkarida gaplashibdilar. Ahmad ibn Hanbal so’rabdilar:
- Qayerdan keldingiz? Uzoqdanmi? Afriqiyadanmi?
- Yo’q, undan ham uzoqdan, Andalusdan keldim, faqatgina sizdan hadis o’rganish maqsadida keldim.
- Bilgandirsiz, halifa meni ilm berishdan, masjidga chjiqishdan mahrum qildi"¦
- Hazrat, agar yo’q demasangiz bir hiyla ishlatsam. Huzuringizga har kuni gado qiyofasida kelaman-da, oz muddat ichida menga bitta hadis aytib bersangiz bo’ldi, ketaveraman.
Baqi’ ibn Mixlat hikoya qiladi:
"œHar kuni juldur kiyimlarda, qo’limga egri tayoq tutib Ahmad ibn Hanbalning oldilariga kelar, u zot ba’zan bitta, ba’zan esa 2-3 ta hadis aytib berardilar. U zotdan shu yo’l bilan 300 dan ziyod hadis yod oldim. Ma’mun dunyodan o’tib, Ahmad ibn Hanbal mashhur ulamo bo’lib, buyuk muhaddislarga dars beradigan bo’ldilar. Buyuk mujtahid shuncha buyuk muhaddislarga dars berayotib, huzurlariga kelsam, yonlaridan joy berib, toliblarga shunday der edilar:
- Mana buni haqiqiy tolibi ilm deydi! U gadoylik qilib bo’lsa-da, mendan ilm o’rgandi.
Bir kuni kasal bo’lib qolganimdan xabar topgan imom shogirdlari bilan men yotgan karvonsaroyga keldilar. Shu darajada olimlar ko’p ediki, hatto odam sig’madi. Duo qilib ketdilar. Shundan so’ng, hamma meni hurmat qiladigan, ziyoratimga keladigan bo’ldi."

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:28:10

Assalomu alaykum!
Avvalo, vaqtingizni ayamay, ibratli javob berganlari uchun barcha ishtirokchilarga tashakkur aytaman.

Inshaalloh, mana shunday go'zal javoblardan hali ko'pini o'qiymiz.


Shokirbek akaga savol:
Muhaddislar ichida Imom Buxoriy quvvayi hofizalari, Imom Ahmad ibn Hanbalning taqvolari butun Islom ummati uchun havaslidir.
Muhaddis ulamolar hayotida yuz bergan ibratli voqealardan, o'zingiz o'qib juda ta'sirlanganlaringizdan bizni ham bahramand etsangiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:33:06

Abu Muso akaga:
Farzand tarbiyasida sizning ozmi, ko'pmi tajribangiz bor.
Yosh bolaning tarbiyasida u unib-o'sgan jamiyatning, mahallaning ta'siri ham kuchli bo'ladi. Bola o'zi bilmagan holatda mahalladagilarning tarbiyasini ham oladi. Asta-sekin so'kinishni o'rgangan bola uni to'g'ri qabul qilib, o'z yaqinlariga nisbatan ham bu so'zlarni qo'llashi mumkin.
Tasavvur qiling, shunaqa holat yuzberdi. Farzandingiz keldi-da, o'zi ma'nosini tushunmagan holda sizga, onasiga yoki ukalariga so'kindi. Shu holatda nima qiulish kerak deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan