"Xalq og'zaki ijodi", degan darsimiz bor edi. Rahmatli Prof. Bahodir Sarimsoqov kirardilar. Qishki ta'tilga chiqar ekanmiz, hammamizga yashagan joyimizda ishlatiladigan turli hil Xalq og'zaki ijodi-Folkor bilan bog'liq ma'lumotlarni daftarga yozib kelishimizni vazifa qilib topshirdilar. Men uyga borar-bormas, ayamga aytdim, mahallamizda juda gapga usta ayol bor edi. Doimo ashula-she'r bilan gapirardi. Ayam shu xolangdan yoz, bolam, dedilar. Men ham ho'p deb, xolani yonlariga bordim. Xolagina bozorda meva-sabzavot sotar edilar, "Bolam sen bozorga kel, bozorda yana ham ilhom keladi", deb qoldilar. Men ayamga qanday bo'lar ekan, ruhsat berasiz-mi dedim. Dadam bilan gaplashib, endi dars uchun kerak-da bahosiz qolmasin, deb rushat berishdi. Men ham xola bilan yarim kun birga bozorda o'tirgandim. Havo sovuq, isinish maqsadida orada xolaga yordam bergandim
Apandiman-da shu yozganlaringni bir nushasini o'zingqa olib qolmaysan-miii???
Ta'tillar tugab vazifamni olib borib domlaga topshirganman. Bu folklor namunalarining taqdiri nima bo'lgan yolg'iz Allohga ayon. Men esa bu darsning amaliy ish qismidan 5 olganman