Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268532 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 ... 270 B


shoir  13 Noyabr 2009, 10:48:01

Shokirbek, Ulugbek75 ака, AbdulAziz, гсзал жавоблар учун ташаккур. Бошқа юзерлардан ҳам жавоб кутиб қоламиз.

Shokirbek, Ulugbek75 ака, AbdulAzizга сна савол:

Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Qayd etilgan


imlaah  13 Noyabr 2009, 13:01:10

Munira xonim, Imlaah, Saltanat опаларга:

Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Assalamu alaykum.Go'zal savollar silsilasi uchun tashakkur.
Bir ustoz bor edilar jigargo'shalari qizlari chaqaloqlik bo'lib farzandini bag'riga bosishga ham ulgurmay Allahni huzuriga erishdi.Hamma atrofda u kishini tanigan va eshitganlar hol so'rashga bora boshladilar.Shunda ko'rganim eng  tasirli bo'lgan holatim qizni onasi bo'lgan ustozam Alhamdulillah deyishdan boshamaydi tillari.Ko'zlarida g'am va ammo o'zlari juda sokina edilar.Musibatga eng avval vaqtda hamd ayta olgan ustozamni bu holatlari, berganda hursand bo'lib ham HAMDni unutib qoyadigan bizdek noqislarga juda katta ibrat bo'lgan edilar.

  Huddi yuqoridagidek holatga.Oradan yillar o'tib yana  guvoh bo'ldim boshqa yurt boshqa insolar orasida.Yoshgina ammo ilmni o'z ahloqiga jamlay olgan bir ustoz yigit bor edi (rahimahulloh) .   Subhanallallah ,Mashaallah islomdan bilganlarini hulqida jamlay olishlik darajasida go'zal ahloqi bor edi.
Uylangan va qizchasi dunyoga kelib endigina 15 kunlik bo'lganida fojea sabab vafot etdi.Shu ustozni vafot etgani tarqalib ertaga falon vaqtda ustozni jasadalari va oilasi yurtlariga qaytar ekan degan habar tarqaldi.Hayrlashgani bordik.Yoshgina kelinchak shunday holatdaki ko'zlarida yosh tinmaydi tillari Alhamdulillahdan to'htamaydi.Hamma kelganlar bilan birdek samimiy faqat duo bilan jannatdan umidim bor inshaallah ko'rishamiz degan duolar bilan munosabatda bo'lishga o'zida kuch topib olgan edi..
Buncha matonat va sabr Allahdan juda katta sinov kelganda Alhamdulillah deya olishlikka kuch qaerdan deb hayratlanamiz...
Shunda bir birodarimiz   erkaklar ayollariga rahbar ekanini shogirdlariga ta'kidlab turgan ustozni ayoli bo'lgan bu birodarimizda bunday hulqni ko'rib nega ajablanamiz degan edilar..Fojeaga sabab bo'lgan "aybdorlar" ushlandi mahkamaga bora olasanmi deb savol berishdi hukumat nozirlaridan birlari tel.qilib."Aybdorlar" Allahni qadari shunga bog'langanini  avvaldan bilmagan bo'lsalar aybdor emaslarku, ular mast, alasat , hud behud yuradigan insonlar emas ekanku.Ibodatda qoyim bu birodarlar nogahon sababchilar halosku asli bu Qadarda belgilangan ekan endi mahkamalashib yurishlik bu vafot qilgan insonni shaniga hos ish emas deb , o'zida kuch topa bilgan mo'minlar onalariga izdosh bo'la olgan mana shu birodarimni sog'inch bilan eslayman.

P.S.Yuqoridagi har ikki holatda ham har qanday holatda Alhamdulillah deb shukr qila olguvchi o'zim ibratlangan voqealar edi.Bu ayollarni har safar ko'z oldimga keltirganimda bu birodarlarimni turmushdoshlariga atrofdan berilgan ta'riflarni eslayman.Ular chindan ham avvalo o'z nafslariga va qolaversa oilalariga rahbar bo'la olgan solih insonlar edi..

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2009, 13:26:19

Munira xonim, Imlaah, Saltanat опаларга:

Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Assalamu alaykum.
Go'zal savol uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bunday holatlar juda ko'p bo'lgan.
Men ham o'lim bilan bilan bog'liq hodisani aytmoqchi edim, lekin Imlaah bu haqida aytibdila.
Shunga boshqasini aytib bera qolay.
Bir birodarimiz bor edi. Turmush qurib, juda baxtli hayot kechirishdi.Lekin Alloh taolo har bir bandani bir tomondan sinaydi. Alloh ularni farzand tomondan sinovga tashladi. Yillar o'tdi. Ular shunday ahil yashashdiki, oilalarni ajratish cuhun har qanday harakat behuda ketdi. Ayolni sabriga, hammadan ham erkakni sabriga va shukriga qoyil qolmay ilojisi yo'q edi kishini.Ayoliga shunday go'zal munosabatda bo'lardiki qo'yaverasiz....
Bunday xususiyat erkaklarda juda noyob, menimcha.
Xullas, bu oila beki va bekasi juda go'zal shukri va sabrlari uchun 12yil deganda Alloh ularni o'g'il farzand bilan mukofatlagandi.
U oilani farzandli bo'lganini eshitib, yig'lab yuborgandim. Alloh taolo hech bir narsani yaxshilikni ham, yomonlikni ham, sabrni va shukrni ham bejavob qoldirmaydigan Hikmat Egasidir...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2009, 14:20:52

Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Ba'zida yonimizda turgan jannatiylarni g'animat bilmaymiz...

* * *

Chimyonda masjidni supurib, masjid atrofidagi mashinalarni qo'riqlab yuradigan bir telba devona bo'lgan ekan. Uning aqli bo'lmay, xalq orasidagi nomi ham jinni ekan... Gapirishda ham biron so'zni aytolmas, yosh bolacha tilda o'zicha allanimalarni aytib yurarkan...
O'sha odamning vafotiga guvoh bo'lgan qo'shnisi shunday hikoya qilib beradi:
- O'limi oldidan go'yo unga aql kirdi. O'rnidan turib qibla tomonga yo'nalib, go'zal qiroatda dona-dona qilib: "La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh!" dedi-da, bir zumda yotib, qaytib turmadi...

* * *

Bozorda ishlaydigan bir do'stim hikoya qiladi:
- Kechagina birga namoz o'qigan edik. Shahartepalik qovun sotuvchi do'stim vafot etibdi. Go'zal o'lim topibdi. Uning ukasi hikoya qiladi:
- Ota-onam bomdoddan ilgari bozorga ketishgan edi. Akam bomdodga turdilar. Namozni o'qidilar. So'ng meni oldimga chaqirib, "uka, mendan rozi bo'linglar. Ota-onamga ham ayting, mendan rozi bo'lishsin... G'alati bo'lib ketyapman... La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh!" - deb yotdilar. Ertalab esa turmadilar...

Barchamizga go'zal o'lim nasib etsin!

Qayd etilgan


Ulugbek75  13 Noyabr 2009, 15:58:49

Shokirbek, Ulugbek75 ака, AbdulAziz, гсзал жавоблар учун ташаккур. Бошқа юзерлардан ҳам жавоб кутиб қоламиз.

Shokirbek, Ulugbek75 ака, AbdulAzizга сна савол:

Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Yaqinda Menga aytib berishgan, o'xshashi kam, nodir, hayotiy bir voqea xayolimni mashg'ul etib keladi. (Menga hikoyani aytib bergan kishi bu oilani shaxsan taniydi). Buni aslida qadrdon maskanim ARBUZda yozmoqchi edim, lekin svol sabab birinchi bo'lib bu fayzli maskandan yer olar ekan endi... :)

Bu hikoyaga o'zimcha sarlavha ham topib qo'ygan ammo yozishga vaqt topa olmayotgan edim, u quyidagicha edi:

MAHBUSNING CHIN YORI VA AG'YORI

Oilali va farzandli bir didndor birodar, hammamizga ma'lum sabablarga ko'ra, juda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Ko'p o'tmasdan esa hali ozodlikda ekan, atrofida parvona bo'lgan xotini ajrashib, bu yigitning xonadonidan ketib qoladi (farzandlari hozir u ayol bilan yoki yigitning ota-onalari bilan ekanligini bilmayman, so'ramagan ekanman).  
O'z - o'zidan ma'lumki, bu bevafolik, yigitning musibati ustiga musibat, dardi ustiga chipqon bo'ladi. Chunki bu ayol, o'zining endi sobiqga aylangan erini, manaviy yordamga eng muhtoj bo'lgan paytida, yaqinlari duosini his etib madad olish va farzandlari o'zining vafodor umr yo'ldoshi qo'lida ekanligini bilib qisman bo'lsa ham xotirjam bo'lishdek ne'matdan ham mahrum etadida.

Hikoya shu yerigacha, neqadar alamli va achinarli bo'lmasin, unchalik ajablantira olmasa kerak. Sababi, bunga o'xshash xiyonat, bevafolik, sabrsizlik va mas'uliyatsizlikdan va aynan muhtoj bo'lganingda qaqshatib ketadigan "do'st"lar xabarini beruvchi boshqa holatlarni, afsuski, Men ham va taxmin qilamanki Sizlar ham ko'p eshitgansizlar.

Kutilmagan nodir hodisa esa keyin sodir bo'ladi.

Imkoniyatlari cheklangan bu dindor mahbus, o'z hayotidagi eng og'ir damlarini boshidan kechirayotgan, kimning unga haqiqiy do'st va kimning aslida dushman ekanligini kun sayin kashf etishda davom etayotgan, SABRning achchiq mazasini butun vujudida, tanasining har bir hujayrasida har bir o'tgan daqiqada takror va takror tuyayotgan kunlarning birida, uning aqli va nafaqat uning, balki ko'plab eshituvchi va o'quvchilarning aqli bovar qilmas hodisa ro'y beradi. Uning ziyoratiga kelgan yaqinlaridan antiqa xabar eshitadi av bir muddat bunga ishonishi ham juda qiyin kechadi.
Ne quloq bilan eshitsinki, mahbusning Parvardigori, unga bevafolik qilgan xotini o'rniga, Men hali-hali izlab ta'rifiga so'z topoolmayotganim, O'zining eng hayratga soluvchi bandalaridan birini - turmush qurmagan bokira qizni halol juft qilib berayotgan bo'ladi.
Qamoqda mahbus bo'lgan, juda uzoq muddat u yerda qolishga mahkum etilgan va balki aynan shu sababli xotini uni tashlab ketgan kishiga - dunyo va undagi holatlarni ko'plab insonlardan butunlay o'zgacha o'lchay oladigan, noyob bir qiz bu dindor mahbusga g'oibona ko'ngil bog'lagan bo'ladi.
To'g'ri, ko'ngil bog'lashni, hurmat etishni, achinishni, qandaydir yordam qo'li cho'zishni boshqalar ham qila olishi mumkindir, ammo bu kabi o'ta jiddiy va turli oqibatlarni o'zida tashigan qarorni hayotda yashay olish, nihoyatda kam uchraydigan, yuksak tahsinga sazovor, noyob holatdir. Kamida Men shunday deb ishonaman.
Bu antiqa nikoh, bundan 3 yil ilgari mahbus yotgan qamoqxonada, uchrashuvga kelgan qiz va ikki taraf yaqinlari huzurida qiyiladi. O'shandan beri qiz, endi esa oilali muhtarama ayol, o'z mahramini har oyda (adashmayotgan bo'lsam 2 marta) ziyoratiga borib turadi.

Antiqa va inshaalloh bu muborak nikoh o'qilarkan, ozodlikka qachon chiqishi va umuman chiqishi noaniq bo'lgan mahbusga, kelajak oilaviy hayotini topshirgan va qaysidir manoda, butun hayotini noaniqliklar qa'riga cho'ktirgan bu QAHRAMON QIZ, o'zining o'ta dovyurak qarori va tan olish kerakki qimmatgina to'lovi bilan (kamida biz bandalar nazdimizda) - Alloh roziligidan va dini uchun bunday og'ir imtihonga solingan bir musulmon birodarini hech bo'lmasa ko'nglini ko'tarishdan boshqa narsani maqsad etgani mening na aqlim va na vijdonimga sig'maydi.

Hikoyani tinglarkanman beixtiyor bu muborak juftga:
Allohim, Sizlarni mukofotlar yurti - JANNATida eng saodatli juftlar qatorida, doimiy mehmonlaridan qilsin, deya duo qilgim keldi. Ilohim shudnay bo'lsin, ameen!

ps. Hikoya hayotiy voqea rivoyatiga asoslangan bo'lib, faqat bazi o'rinlarigina adabiy tasavvur va tasvir bilan boyitildi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 21:49:31

JaruleUZB, Chustiy, Salmon Forsiy, Muslima, Kapalak, Abdulloh, Bekmirzoga:

Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?


Assalomu-alaykum. Shoir, savollaringiz uchun katta rahmat.

Avvalo, bu dunyo Alloh Taoloning biz qullariga bo’lgan mehr-shafqatining natijasi o’laroq yaratilgandir.

Rabbim sevgan qullariga O’Zİ’ning mehr-muhabbatidan ulashgan ekan"¦.
Shunday ekan, bu dunyoda mehr-muhabbat, shafqat-achinish bilan to’la bir dunyo voqeliklarga juda ko’pimiz shohid bo’lgan bo’lishimiz aniq.

Menga eng ta’sir qilgan va birdaniga esimga kelgan bir-ikki voqeani aytib beray.
Mehr-shafqat deganimizda avvalo ota-onamiz ko’z oldimizga keladi.

Singlim bu voqeani aytib berganida rosa yig’lagandim. Har esimga kelishida o’zimni tuta olmayman, huddi xozirgiday"¦Uyimizga yaqin joyda texnikum bor edi. Bizni xovlimizda ham o’zimizga yarasha meva-cheva yetishardi. Sigirlarimiz bo’lgani uchun sut, qaymoq, qatiq ham serob edi.
Ayam yo’ldan o’tgan talabalarni ko’rganlarida qizmi-yoki o’g’il bolami, hammasiga: "œBolam talabamisiz, meniyam qizim begona yurtlarda yuribdi, sizlarni ham tushunaman, ota-onadan uzoqsiz, issiqqina nona yopgandim 2 ta o’rab beray, olib ketinglar, sut kerakmi yoki qatiqmi, deb so’rar ekanlar. Bazan qovun yoki tarvuz berar ekanlar. Talabalar hayron, boshda uyalishib" yo’q xola kerakmas, qo’ying" deyisharkan, keyin qarashsa ayam jiddiy. "œHa mayli xola hech bo’lmasa pulini beraylik", deyisharkan. Ayam bo’lsa: "œBollarim qizim uchun duo qilsalaring bo’ldi" der ekanlar yig’lamsirab"¦
Ayamni duolari va hatti-harakatlari bilan doimo qarshimga yaxshi insonlar chiqdi, hech kutmagan joyimdan yordamlar keldi, Alloh rizqimni berdi, hamd bo’lsin"¦
Ayam har doim: "œBolalarim sizlar uzoqda ekansizlar, har og’zimga luqma olganimda hammangizni o’ylayman, bolalarim bugun nima yeyishdi ekan, ochmikan, to’qmikan, deb nima yeganimni ham bilmayman""¦.
Onalik qiyin ma’suliyat"¦.Rabbim barcha onalarni panohida asrasin, uzun, hayirli umrlar nasib etsin insholloh.

Bundan 2-3 yil oldin İstambuldaman. Qish. Sovuq. O’qishdan qaytayotgandim. İstambulda yomg’ir yoki qor yog’dimi darrov "œprobka" bo’ladi. Avtobusni ichida qachon harakat etarkan bu avtobus, deb siqila boshlarkanman, birdaniga ko’zim bizga teskari yo’lda turgan chol-kampirga tushdi. İkkalasi ham 65-70 orasida, chol kampirini qo’ltiqlab olgandi. Svetofor yondi, ular bir-biriga suyanib tez tez yo’ldan o’ta boshlashdi. Yo’l ikkiga bo’lingani uchun yo’lni hammasini birdan o’ta olmadilar, yo’lovchilar kutadigan torgina yo’lakchada svetoforning yashil chirog’ini yonishini kuta boshladilar. Kutar ekanlar, chol-kampirning bir-biriga qarashi menga juda ta’sir qildi. Ular bir-biriga mehr bilan qarab kulimsirardilar. Bu yoshgacha bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbatlari hech so’nmaganini ko’rib ichimdan ah ah, deb qo’ygandim"¦

Yana İstambulda talaba ekanman uyda birga turadigan dugonalarim aytib berishgandi. Bizni mahallada o’tiradigan 70 yoshlarda hech kimi yo’q bir kampir bor ekan. U har kuni marketdan tovuqning suyakli qismlarini sotib olib, plastmassa idishlarga solib yo’l chekkalariga tashlab ketarkan. Sababi esa mahallada yashaydigan egasiz it va mushuklar ochlikdan o’lishmasin, deb shunday qilar ekan. Bu odatini esa 15 yildan beri kanda qilmas ekan"¦

Qayd etilgan


saltanat  14 Noyabr 2009, 07:46:33

Munira xonim, Imlaah, Saltanat опаларга:

Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Assalomu-alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Hayotda yaxshi kunlarga,o'ziga kelgan yaxshiliklarga SHUKR deyishni unutib qo'ygan ba'zi zamondoshlarimiz orasida yashab turib hayotining achchiq zarbasiga dosh berib, bu achchiqbni ichiga yutib turib " Alhamdulillah, Allohga shukur " deyish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi...
 Bundan 2,5 yil oldin bo'lgan voqea. Man bir oilani bilaman,islomiy oila 3 o'g'llari va 2 qizlari bor.O'g'illarini Buxoro va Qo'qonda madrasada o'qitishgan,qizlariga ham islomiy ilim berishgan,xavas qilsa arzigudek oila.Kelinlari ham ilmli qizlar.Bir xovlida kelinlari bilan yashashardi,o'g'illarini ro'zg'orini boshqa qilish uchun bir xovli sotib olishdi va uylarni qayta ta'mirdan chiqarish uchun usta solishdi.Ustalar uyni ko'zdan kechira turib uy devori orasidan o'tgan elektr simini ko'rishadi va uy egasiga aytishadi, ustalardan biri bu simni ushlab ham ko'radi, simda tok yo'q ekan.Uy egasi elektr tarmog'i hodimlaridan bu simdan tok o'tadimi yo'qmi so'raganda bu simdan tok o'tmasligini aytishadi.Ustalar ish boshlashadi,bundan xabar topgan katta o'g'il ustalarga qarashgani borib "Ukam bu uyda yashaydi,buni o'zim bir tekshirib ko'raychi"debdiyu tomga chiqib "Bismillohir rahmonir rahiym" deb turib simni ushlabdi-yu yerga uchib tushibdi, shu ondayoq jon beribdi...Endi 29 yoshli o'glini uydan kuztib qo'ygan onani 2 soatdan keyin "O'g'lingiz omonatini topshiribdi" degan gapni eshitgandagi ahvolini tasavvur qilib  ko'ring.Ota-ona 29 yoshli jigarporasidan ajradi,yoshgina kelinchak esa umrisherigidan ajradi,3 farzand etim-sag'ir bo'lib qoldi.Ular hayotning ana shunday achchig'iga "Allohhinning peshonamizga yozgani ekan,sabr qilamiz,o'zi bergandi o'zi oldi, shu kunlarni ham ko'rsatganiga shukur" deb turib ta'ziyaga kelganlarni uzatishibdi.Ko'z yoshlari yuzlarini yuvib tursada ayriliqning alamli achchigi' ichlarini kemirib tursada shu gaplarni aytishga o'zlarida kuch topa olishibdi.Qalbining mevasi uzilganda shukur deya olgan bu ota-onaga,3 norasidasining etim-sag'ir bo'lib qolganidan nolimay Allohdan jannatdagi birligini kutib sabr bilan yashayotgan kelinga Yaratganning o'zi ajru-savoblarini mo'l-ko'l qilib bersin,omiyn.

Ikkinchi voqea...
Bir oila, 3 farzandi bor. Kattasi qiz.Qizlari turmushga chiqqan,yoshi ham 35 yoshdan o'tgan, bu ayol tengilarning bolalari 17-18ga kirib qolgan,biroq bu ayolda farzand yo'q.Aksiga olib ukasi ham uylangan biroq ular ham kech bolali bo'lishdi."Nahot ikki farzandim bolasiz bo'b qolsa" deb yig'layverib ona qon bosimi ko'tariladigan,keyinroq qand kasaliga duchor bo'ldi, shu orada o'g'lining farzandli bo'lishini eshitib ancha o'ziga keldi,O'gli o'g'lli bo'ldi.Opa ukasining farzandli bo'lganiga xursanda bo'lish o'rniga xasad o'tida yondi, "Man kattaman, bular mandan oldin bolali bop'lishdi" deya (afsuski man o'zim guvohman bu ishlarga, oramizda shunday xasaddadn ko'zlari ko'r bo'lgan insonlar bor) kelinni kiyganini kafan, eganini zaxar qildi.Onasini qo'lga olib "Manga bolani olib berasiz, katta nevarez mani bolam bo'lishi kerak" deb qaynona-kelin o'rtasida janjal chiqardi, afsuski ukasi ham shu birgina boladan boshqa bola ko'rmadi, bola 4 yoshdan o'tdi janjal hamon tinmas vaqti-vaqti bilan bo'b turardi, nihoyat bolaga hatna toyi bo'ladigan bo'ldi,opa bundan battar g'azabga tushdi va ukasiga nimalar degan Xudo biladi,to'yga 5 kun qolganda ukasi kelinga 'Sani hech qanday aybing yo'q,lekin san bilan yashamayman, 3 taloqsan"debdi.Tilab-tilab topgan farzandining hatna to'yi oldidan bu gapni eshitgan kelin qon-qon yig'lab, tahorat olib Allohga "shu gaplarni ham eshittirganinga shukur,ko'tara olarkanmanki eshittiribsan,peshonamga yozganinga sabr qilaman,o'zing madad ber" deya to'rt rakaat namoz o'qibdi.Man bu gaplarni hufton o'qiyman deb turganimda eshittim va o'tirgan joyimda qotib qoldim, chunki er-xotin bir-biriga uzukka ko'z qo'ygandek munosib bir-birlarini tushunib yashar edilar, gap manga aytilmagan bo'lsada ko'tara olmadim, ancha vaqtgacha muzlab, titrab o'tirdim,hufton namozini juda kech o'qidim, lekin bu gapni eshitgan, to'yi azaga aylangan kelin Allohdan o'ziga sabr tilab, shuningday og'ir gapni eshittirganiga shukur qilib namoz o'qishga o'zida kuch topa olibdi.Bardoshiga balli,ko'rgan o'ksikliklari ajrini Allohim jannati va o'zining vasli bilan mukofotlasin, omiyn.

 Allohim barcha bandalariga o'zini tanishlikni va o'zidan qo'rqishlikni nasib etsin,barchamizni hidoyat yo'lidan adashtirmasin,islomiy ilm bilan ilmlantirsin va ilmiga amal qiladigan bandalaridan qilsin,omiyn.

Qayd etilgan


shoir  14 Noyabr 2009, 13:48:35

Ассаламу алайкум.
Гсзал жавоблар учун ташаккур.

Ушбу ёзилмишларни сқиб бир савол келди:

AbdulAziz, Ulugbek75 aka, Shokirbek aka, Munira xonim, Imlaah, Saltanat, Kapalak opalarga:

Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Qayd etilgan


shoir  14 Noyabr 2009, 13:49:40

Жавоб бермаган биродарлар ушбу саволларга ҳам жавоб бериб юборсангизлар:

Musannif Adhamга:
Қсрқув ва Аллоҳ учун қсрқмаслик билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Uzmus, Ziyovuddin, Muhammad Amin, Muhseena, Mahdiya, Hadijaga:
Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

JaruleUZB, Chustiy, Salmon Forsiy, Muslima, Abdulloh, Bekmirzoga:
Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Shokirbek акага сна савол:
Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Qayd etilgan


shoir  14 Noyabr 2009, 14:02:20

YURIST, Cheh_Mik, Abdulhafiz, Afifaxon, G_U_L_I, Arbuzchi, jalolbekka savol:

Сизнинг ҳидостингизга сабаб бслган воқеа?

Qayd etilgan