372/3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) kasal bo’lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos (r.a.) kelib: «Ey mo’minlar onasi, siz, Rasululloh va otangiz Abu Bakrga yetishishda (ya’ni, havzga erishishda) avvalgilardan bo’ldingiz», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Ibn Abu Mulaykaning rivoyatlarida esa, quyidagicha aytiladi: «Ibn Abbos (r.a.) Oishaning (r.a.) o’limlaridan oldin, zaiflashib turganlarida huzurlariga kirishga izn so’radilar. Oisha onamiz: « Meni maqtashlaridan qo’rqaman», dedilar. Shunda: «Musulmonlar nomidan Rasululloh amakilarining o’g’illari», deyildi. «U zot izn beringlar»? dedilar. Ibn Abbos: «O’zingizni qanday his qilyapsiz?» deb so’radilar. Oisha onamiz: «Agar taqvoda bo’lsam, juda yaxshi his qilyapman», dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Inshaalloh, sizga yaxshi bo’ladi, chunki siz Rasulullohning xotinlarisiz. U zot sizdan boshqa qizga uylanmaganlar, bundan tashqari, sizga osmondan avf-uzr tushgan», deb yaxshi xislatlarini zikr qildilar».