Bundan 3 yil oldin Qo'qondan Turkiyaning Adana shaharigacha kelib qolishgan 97 yoshli, Abdulhamid ota bilan shuhbatlashar ekanman, xozirgi kunda Jarroh, Proffesor, (ular ham Andijondan qochib Turkiyalarga kelib qolgan oilani farzandlari), bundan bir necha yil oldin Turkiya Davlat Ministrlaridan biri bo'lgan Ahat Andijon haqida shunday degandilar:
"Ahatni otasi bilan Adanadagi hovlida gaplashib o'tirgandik, Ahat 6-7 yoshlarda, issiq kunda chang-to'zon demay, butun bolalar yugirib o'yin o'ynashardi. Shunda Ahatni dadasi, "Hey Abdulhamid, shularam odam bo'larmikan-ey", dedi. Men esa: "Ey og'ayni, hali bular shunday katta odam bo'lishsin-ki, sen ham, men ham ularni davrida mazza qilamiz inshalloh", degandim...
Ahat Davlat Ministri bo'lib, huzuriga qulluq bo'lsinga borib, ko'zimga yosh oldim, beihtiyor o'sha kunlarni esladim.
Men ham rahmatli (2 yil oldin vafot etdilar) Abdulhamid otani bu gaplarni tez tez eslab turaman, farzandingizga hech qachon : "Odam bo'lmaysan", demang, uni yerga urmang. Uni kim bo'lishida sizni, yani ota-onasining duosi va ishonchi juda katta rol o'ynaydi!!!