124-bob. Dafndan keyin aytiladigan zikrlar
Mayyitni qabrga qo’yayotgan kishi mayyitning bosh tomoniga uch chimdim tuproq sochib qo’yishi sunnatdir. Ba’zilar: «Birinchi sochishda «Minha xolaqnakum» (Sizlarni undan (tuproqdan) yaratdik), ikkinchi sochishda «Va fiyha nu’iydukum» (Unga yana sizlarni qaytarurmiz), uchinchi sochishda: «Va minha nuxrijukum tarotan uxro» (Sizlari yana bir bor undan chiqarurmiz), deydi», deyishadi. Mayyitni ko’mib bo’lgandan keyin, qabristonda hayvon so’yib, go’shtini tarqatish miqdoricha muddat o’tirish mustahabdir. O’tiruvchilar Qur’on tilovati, mayyit haqqiga duo, va’z-nasihat, solih va yaxshilar hayotidan ibratli so’zlar aytish bilan mashg’ul bo’ladilar.
417/1. Ali (r.a.) aytadilar: «Biz «Baqiy’ul g’arqad»da janozada bo’lganimizda, Rasululloh qo’llarida bir novda olib keldilar va uning uchi bilan chiziq chizib, so’ngra: «Sizlardan bo’lgan kishilarning jannat yoki do’zaxdagi bo’lgan makonlari yozib qo’yilgandir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh! Biz unda nomai a’molimizdagi yozilgan narsalarga suyanmaymizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amal qilinglar, zero, har bir kishi xalq qilingan narsasiga muyassar qilingandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari