* * *
Bir kuni Abu Bakr (r.a.) o‘z huzuriga Abdurahmon bin Avfni chaqirishlarini iltimos qildi. Shundan keyin darhol xabar yuborildi va ko‘p o‘tmay kirib kelgan oqsoq, ochiq chehrali bir kishi, «Meni yo‘qladingmi, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi»,-deya kirib keddi.
— Ha, Abdurahmon, kel, bu yoqqa o‘tir.
— Bugun ahvoling biroz tuzukka o‘xshaydi, umid qilamanki, shifo topasan.
Haqiqatan umid qilyapsanmi, ey, sevimli do‘stim? Lekin men umidvor emasman. Menimcha, dunyo bilan vidolashadigan vaqt yaqin. O’limimdan avval mo‘minlar ishini zimmasiga oladigan bir insonni tayinlab, insonlarni tashvishga tushishidan qutqarayin. Seni ham shu masalada fikringni bilmoqchi bo‘lib chaqirtirgandim. Endi menga ayt-chi, Umar bin Hattob haqida fikring qanaqa?
Hazrat Abdurahmon o‘ylab o‘tirmasdan javob berdi:
— Nega mendan ko‘ra yaxshiroq biladigan insoning haqida mendan so‘rayapsan?
— Bilsam ham, sening ham fikringni bilmoqchiman.
— U sen o‘ylagandan ham yaxshiroq bir insondir. Ammo biroz qattiqqo‘l tabiatliroq.
— Umarning bu tabiati meni yumshoq, deb bilishingdandir. Men uni jiddiy kuzatdim. Natija shuki, men biror odamga g‘azab qilsam, Umar u odamning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga harakat qildi, meni yumshoq xulqda ko‘rgan vaqt tenglikni saqlash uchun u shiddatli bo‘ldi.
Hazrat Abu Bakr (r.a.) o‘zi uchun muhim bo‘lgan gapni hazrat Abdurahmonga ham ma’qul bo‘lganini bildi va past ovozda qo‘shimcha qildi:
— Bu gap oramizda sir bo‘lib qolishini iltimos qilaman...
— Ishonishing mumkin, ey, Rasululloh (s.a.v.)ning xalifasi, — dedi Abdurahmon bin Avf va oqsoqlanganicha xonani tark etdi. Endi biri kalta bo‘lib qolgan oyog‘ini iymon, Islom yo‘lida fido qilgan, Rasululloh (s.a.v.)ni dushmandan mudofaa qilganida shu holga tushgan edi. O’zi uchun unutilmas bir sharaf, tengsiz shirin xotira bo‘lgan bu voqeani bilmaganlar ayb (nuqson) hisoblashardi. Ular fikrining ahamiyatsizligi ma’lum. U hayotida Rasululloh (s.a.v.)dan jannat xushxabarini olgan inson edi. Hayotining bu xushxabarga munosibligini isbotlagan va davom etgirgan shaxsdir.