ILK MUHORABA MUVAFFAQIYATI
Hazrat Abu Bakr (r.a.) zakot berishdan bo‘yin tovlayotgan va dindan qaytayotganlarga qarshi harakat kilish vaqti kelganini tushunib, qo‘shin oldiga keldi. Shaxsan o‘zi ularga kerakli darsni beradi. Shunda hazrat Ali (r.a.) xazrat Abu Bakr (r.a.) mingan otning uzangisidan tutdi va dedi:
- Qayoqqa ketayapsan, ey, Abu Bakr?.. Senga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Uhud kuni so‘zlagan so‘zlarini xotirlatay. Qilichingni qiniga sol va bizni falokatga boshlama. Aminmanki, seni yo‘qotsak sendan keyin Islom nizomi umuman qayta qurilmaydi.
Hanuz uni xalifa sifatida qabul qilmagan hazrat Ali (r.a.)ning bu so‘zlarida faqatgina samimiyatni ifodalanayotganiga shubha yo‘q edi.
Natija esa hazrat Abu Bakr (r.a.)ning qaroridan qaytishi va fikrini o‘zgartirishi bilan yakunlandi. Vaqt o‘tkazmasdan qo‘shinni o‘n bir bo‘lakka bo‘lishdi. Har biriga bittadan qo‘mondon tayinlashdi. Bosh qo‘mondon qilib Xolid bin Validni qo‘yishdi.
Bir maktub yozildi va ko‘paytirildi. So‘ng har bir qo‘mondonga bittadan tarqatildi. O’sha xatda: «Hidoyatga xayrixoh bo‘lgan va Islomni qabul qilib, bu yo‘ldan qaytmaganlarga salomlar bo‘lsin!» deya boshlangan edi. Hazrat Abu Bakr (r.a.) Payg‘ambarlar Sultoni Rasululloh (s.a.v.)dan so‘z ochib, U (s.a.v.)ning vafotidan so‘ng dindan qaytish noto‘g‘riligini bildiruvchi oyatni xotirlatib, tavba qilishmasa, ular bilan jangga kirishni bildirgan»
Hazrat ABu Bakr (r.a) yuborgan ilk bayroq (tug‘) Xolid bin Validga oid edi. Unga Tulayha huzuriga borish buyurildi. Abu Jahlning o‘g‘li Ikrimaga bir tug‘ berdi va
Musaylama al-Kazzobga borishni buyurdi. Boshqa amirlarga ham boriladigan joylar ham shu tarzda bayon qilindi. Jumladan:
1. Xolid bin Valid, Tulayhaga
2. Ikrima bin Abu Jaxl, Musaylamaga
3. Muhojir bin Abu Umayya, Avs qabilasiga
4. Xolid bin Sa’d, Shom tarafga
5. Huzayfa bin Mihson, Daboga
6. Arfaja bin Harsama, Iqrimaning yordamiga
7. Shurayh bin Husana, Mahraga
8. Ma’n bin Hojiz, Sulaym va Havozin tomonga
9. Suvayd bin Mukarrin, Yaman tomonlardagi Tihomaga
10. A’lo bin al-Hadramiy, Bahraynga.