Bahri bayt  ( 872982 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 255 B


Shahina  13 Avgust 2006, 20:31:04

Garchand, ba’zi joyda topdim e’tibor,
Ko‘ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko‘p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir aslo.

Dunyoning ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
Do‘stlar, o‘lgan chog‘im, rahm eting bir gal,
Meni qarsak chalib go‘rga uzating.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 22:52:11

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yunus Emro

Qayd etilgan


Mas'ud  14 Avgust 2006, 11:36:59

Irodasizman debsan...Yo'q, so'zing yolg'on,
Senda bor matonat xislar mujassam.
ko'zlaring chin ishqni qilur namoyon,
Ha, o'sha sen eding, men adashmasam.

Ko'z yoshing daryosin kechganim ro'yo,
Gavharing yurakda saqlaganim rost.
Uzoqda porlagan yulduzdek go'yo,
O'sha sen eding... Qo'llaringda soz.

Sen eding... Men-chi, yoningda,
Erkalab sochingga taqqandim gullar.
Bir umr ortingdan poylab men yo'llar,
Yashayapman mana, dardim komida.

Esingdami? suv bo'yida tunlar osuda
O'tkazgandik...Kuzatgandik tongning otishin...
Bugun esa sensiz o'tgan har on behuda,
She'r ham yozolmayapman qalbdan otashin...

Sen yolg'iz muhabbatim,hayolim, borim,
Peshonamda yaraqlagan quyoshim, yorim,
Borlig'imsan, hayotimda.. Kuzim,. bahorim,
O'sha men edim, sen eding o'sha...

hurmat ila...JaruleUZB

Qayd etilgan


Mashhura  21 Avgust 2006, 16:12:51

Aql qalbga solmaydi quloq,
Aqlga ham muhtojmas yurak.
Men bo'lsamchi ikkisin mutlaq,
Bahamjihat ushlashim kerak.

Muallifi yodimda yo'q.

Qayd etilgan


Mashhura  21 Avgust 2006, 16:36:19

Ko'zlaringning vafosi so'nmish,
Xazon bo'lmish sevgi gulimiz.
Taqdirimiz to'qnashmas emish,
Tutashmasmish bosgan yo'limiz.

Eshitdim sen unutganmishsan,
Meni ogoh etdi quv sabo.
Yot sanamni yor etganmishsan,
Yurak bag'rim qilibsan ado.

Vafo tashlab ketmish maskanin,
Ko'zlaringda ne qoldi yana.
Mitti nihol endi o'sgandi,
Yulqib hijron qildi tantana.

Tag'in uning aytgani bo'ldi,
Nasiyami yana bir visol,
Oramizda bor bo'lsa neki
Hijron, firoq qildi olu ol.

Taladilar parvo qilmayin
Daryo yuvdi to'kkan yoshimni,
O'zi egik sabr-bardoshimni
Sindirib ham qo'ymog' tayin.

Taladilar qilmasdan shafqat,
Tog'lar menga tiladi sabr.
Tindi seni o'ldirib faqat,
Paydo bo'ldi dilda bir qabr.

Qayd etilgan


Shahina  24 Avgust 2006, 07:59:08

Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.

Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Mas'ud  25 Avgust 2006, 01:08:47

Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?

Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?

Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.

Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.

"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.

Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!

...O'zbek oyimga

2004 yil.JaruleUZb

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 07:49:38

Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.

Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.

Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.

Majnun, arab shoiri

Qayd etilgan


Abdusalom  31 Avgust 2006, 08:15:35

Ruhimni hilolga belagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.

Sochparak daraxtlar dardim bilmadi,
Muzlagan kurtaklar bag'rim tiladi,
Ko'ngil bir gullagan fasl tiladi,
Ko'ngilni Quyoshga bog'lagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:53:38

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan