Abdullohga yana savol:
Jahon bozorida ayni paytda nO'zbekistonning qaysi mahsulotlariga talab bor?
O'zbek paxtasi savdosiga krizis ta'sir etydimi?
Assalomu alaykum. Mana bu maqolalarga diqqatingizni qarating. To'g'risini aytsam, savolingizga javob topishga ancha-muncha harakat qildim
O‘zbek paxtasining sifati va nufuzi tobora oshmoqdaToshkentda 14-15 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan uch yuzdan ziyod yirik firma va kompaniya hamda to‘qimachilik korxonasidan to‘rt yuz ellikdan ortiq vakil ishtirok etdi. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘ldi.
Zoltan XALAZ, "œCommerzbank" kompaniyasi vakili (Germaniya):
— Paxtachilikda muhim voqea hisoblangan ushbu yarmarkada ishtirok etayotganimdan g‘oyat mamnunman. Dovrug‘i dunyoga taralgan o‘zbek paxtasini xarid qilish maqsadida bu yerga keldik.
Mazkur yarmarka O‘zbekiston paxta tolasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita sotib olish uchun juda qulay imkoniyatdir. Eng muhimi, yarmarkada turli navlardagi o‘zbek paxtasidan o‘zimiz uchun zarur bo‘lganlarini tanlab olish imkoniga ega bo‘ldik. O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarimiz jadal rivojlanmoqda. Mazkur yarmarka jahon paxta biznesini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.
Muhammadulloh ABDULAZIZ, "œNafisa Textiles" hamda "œAziz Farid" kompaniyalari bosh direktori (Afg‘oniston):
— Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasida muntazam ishtirok etib kelamiz. Kompaniyalarimiz to‘qimachilikka ixtisoslashgan — sifatli paxta tolasiga ehtiyojimiz katta. Har yili o‘n ming tonnagacha o‘zbek paxtasini xarid qilamiz. O‘zbekiston paxtasi sifat jihatidan jahonda eng yuqori o‘rinlarda turadi. So‘nggi yillarda o‘zbek paxta tolasining sertifikatsiya darajasi sezilarli ravishda oshdi. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan xalqaro ekspertiza natijalari buning dalilidir.
Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasida ishtirok etayotgan xorijlik tadbirkorlar ko‘payayotgani yurtingizda yetishtiriladigan paxtaga talab oshib borayotganidan dalolatdir.
Bajaj LAV, "œBajaj Steel Industries" kompaniyasi menejeri (Hindiston):
— Hindistonda O‘zbekiston paxta bozoriga katta qiziqish bilan qaraladi. Har gal ushbu yarmarkaga kelganimizda, yurtingizda paxtachilik jadal rivojlanib, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganining guvohi bo‘lamiz. Toshkentda tashkil qilingan IV Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi mamlakatingizning jahon paxta bozorida eng yetakchi o‘rinlardan birida turishini yana bir bor tasdiqladi.
Jahon bozorida talab tobora oshayotgan O‘zbekiston paxtasining yuksak sifati yurtingizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar berayotgan samaralarning yorqin namunasidir. O‘zbek paxtasi Hindiston sanoati talablariga to‘la javob beradi. Yarmarkada o‘n ming tonna paxta tolasi sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolash niyatidamiz.
Yun Sok KIM, "œShindong Enercom" kompaniyasi rahbari (Koreya Respublikasi):
— Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasida har yili ko‘plab mamlakatlardan yirik paxta iste’molchilari, xaridorlar yig‘iladi. Bu o‘zbek paxtasining jahon bozoridagi mavqei ortib borayotganidan dalolatdir. Zero, paxtangiz yuqori sifati bilan ajralib turadi.
Biz o‘zbekistonlik sheriklarimiz bilan ancha yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelamiz. O‘zbekistondagi "œSifat" markazi paxta tolasini ekspertiza qilishda katta tajribaga ega ekanini alohida qayd etishni istardim. Mamlakatingiz mutaxassislari eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tolani sertifikatlash uslublarini yanada takomillashtirayotgani diqqatga sazovor.
O‘zbekiston paxtasiga qiziqish va ehtiyojimiz yil sayin oshib bormoqda. 2007 yilda qirq besh ming tonnaga yaqin paxta tolasi sotib olgan edik. Joriy yilda ham bundan kam bo‘lmaydi.
Mohobod Muhammad AMIRIY, "œDoctor Ameri Group" va "œMahabad Riss" kompaniyalari direktori (Eron):
— Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasida ikkinchi bor ishtirok etyapmiz. O‘zbekiston bilan jo‘g‘rofiy joylashuv jihatdan yaqin bo‘lganimizdan xursandmiz. Bu omil ish jarayonida — o‘zbek paxtasini import qilishimizda juda qo‘l keladi. Sifati xalqaro talablarga to‘la javob bergani bois biz asosan shu paxtadan foydalanamiz.
Mazkur yarmarka o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorligimizni mustahkamlashda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Anjumanda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan vakillar qatnashayotgani o‘zbek paxtasining shuhrati oshayotganidan dalolatdir. IV Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi jahon paxta yetishtiruvchilari va xaridorlar hamjamiyati hayotidagi yorqin voqeadir. U tomonlarning hamjihatligini yanada mustahkamlash hamda o‘zaro foydali munosabatlarni keng yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Yarmarkaga o‘n olti ming tonna paxta tolasi xarid qilish niyatida keldik.
Источник:
www.UzA.uzДата обновленис: 16.10.2008 09:33
O‘zbek paxtasiga jahon bozorida talab ortib bormoqdaAvval ma’lum qilinganidek, Toshkentda 14-15 oktabr kunlari Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan IV Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bu yil o‘z hamkorlariga navi va sifati jihatidan qanday tolani taklif etmoqda? "œSifat" O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktori Valeriy Ustyugin bu haqda O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.
— Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasini har yili o‘tkazish an’anaga aylandi va u jahon paxta bozorida mustahkam o‘rin egalladi, — deydi V.Ustyugin. — Yarmarka ishtirokchilari soni va uning yakunida tuzilayotgan shartnomalar hajmi ham yil sayin ko‘payib bormoqda. Qiyoslash uchun birgina misol: 2005 yilda tashkil etilgan birinchi yarmarkada 30 mamlaktadan 170 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashgan bo‘lsa, 2007 yilda dunyoning 35 mamlakatida faoliyat ko‘rsatayotgan firma va kompaniyalarning 450 nafardan ortiq vakili ishtirok etdi. Joriy yilda esa yarmarkada qatnashish uchun bundan ham ko‘p ariza qabul qilindi. Bularning barchasi xorijiy bozorlarning o‘zbek paxtasiga ehtiyoji ortib borayotganidan dalolat beradi. Treyder va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bizning paxtamizni sotib olishdan manfaatdor. Chunki, o‘zbek tolasi o‘zining yuqori sifati bilan ajralib turadi va u xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Bularning barchasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng miqyosda, xususan, paxtachilik sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning bevosita natijasidir. Sohada katta o‘zgarishlar amalga oshirildi, paxta seleksiyasi va uni yetishtirishdan tolani sertifikatlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlar eng ilg‘or jahon standartlari darajasiga ko‘tarildi. Bunda paxta yetishtirish to‘liq bozor munosabatlariga qaratilgani nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda fermerlik harakatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, qishloq xo‘jaligi sohasida dehqonlar mehnati samaradorligini oshirish, ularda yerga egalik hissini shakllantirishga qaratilgan puxta o‘ylangan texnika va moliya-kredit siyosatining amalga oshirilishi, paxta zavodlari va terminallar faoliyatini tubdan yaxshilash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘zbek tolasi raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun fermerlarimiz seleksiyanerlar tomonidan taklif etilayotgan navlar orasidan bozorda talab yuqori bo‘lganlarini tanlab olish imkoniyatiga ega. So‘nggi yillarda bir qator yangi ertapishar va serhosil, tola chiqishi yuqori bo‘lgan navlar yaratildi. Paxtaning "œBuxoro-6", "œS6524", "œAn-Boyovut-2", "œNamangan-77", "œBuxoro-102", "œBuxoro-8", Oqdaryo-6", "œMehnat", "œOmad", "œXorazm-127" kabi respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos seleksiya navlariga iste’molchilarda talab katta. Asosan bular jahon bozori talablariga javob beradigan o‘rta tolali navlardir.
Iste’molchilar sotib olayotgan tola sifatini kafolatlash uchun respublikamizda uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida tasniflash va sertifikatlash bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi.
Tolani sertifikatlash bilan, ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilardan mustaqil bo‘lgan, Yevropadagi yetakchi paxta uyushmalari a’zosi hisoblangan "œSifat" markazi shug‘ullanadi. Sertifikatlash va toylarni sinovdan o‘tkazish jarayoni eng zamonaviy uskuna — HVI tizimlaridan foydalanishga asoslangan. Bir kunda mingtagacha namuna olish imkonini beradigan ushbu tizimlar yordamida tolaning barcha xususiyatlari, jumladan, uzunligi, pishiqligi, ta’sir koeffitsenti, mikroneyr, kalta tola ulushi, iflosligi, baravarlik indeksi, yorilganda cho‘zilishi kabi xususiyatlarini aniqlash mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday tizimlarga dunyoning hamma paxta yetishtiradigan mamlakatlari ham ega emas. O‘zbekistonda 2001 yilda "œSifat" markazining o‘zidagi va barcha hududiy laboratoriyalari ushbu tizimlar bilan ta’minlangan.
Ushbu jarayon paxta zavodlari, presslash sexlaridan boshlanadi. Markazimizning hududiy laboratoriyalari vakillari pressdan chiqadigan har bir toy paxtani aniq elektron tarozilarda tortib, ulardan namuna oladi. Toy va namunaga alohida yorliqlar yopishtiriladi. Keyin namunalar hududiy laboratoriyaga jo‘natiladi va ularning parametrlari bu yerda havo harorati hamda namligi shartlariga qat’iy rioya qilingan holda HVI tizimida o‘lchanadi. Keyingi bosqichda tasniflovchi-mutaxassis namunani organoleptik ko‘rikdan o‘tkazadi. Barcha yakuniy ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Namunalar tola to‘pi to‘liq sotilmagunicha saqlanadi. O‘lchovlarni to‘liq aniqlash maqsadida namunalarning bir qismi sinov natijalarini Ushbu jarayon paxta zavodlari, presslash sexlaridan boshlanadi. Markazimizning hududiy laboratoriyalari vakillari pressdan chiqadigan har bir toy paxtani aniq elektron tarozilarda tortib, ulardan namuna oladi. Toy va namunaga alohida yorliqlar yopishtiriladi. Keyin namunalar hududiy laboratoriyaga jo‘natiladi va ularning parametrlari bu yerda havo harorati hamda namligi shartlariga qat’iy rioya qilingan holda HVI tizimida o‘lchanadi. Keyingi bosqichda tasniflovchi-mutaxassis namunani organoleptik ko‘rikdan o‘tkazadi. Barcha yakuniy ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Namunalar tola to‘pi to‘liq sotilmagunicha saqlanadi. O‘lchovlarni to‘liq aniqlash maqsadida namunalarning bir qismi sinov natijalarini tasdiqlash uchun Toshkentdagi markaziy laboratoriyaga jo‘natiladi.
Xaridorlar paxta toylari bo‘yicha yakuniy xususiyatlar bilan tanishishi mumkin. Ular "œSifat" markazining ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Markazimiz mamlakatimizda navlar, paxta zavodlari va viloyatlar bo‘yicha ekilayotgan paxta sifati haqida to‘liq axborotga ega.
Sertifikatlashning bunday tizimini qo‘llash seleksionerlar uchun iste’molchilarga ma’qul keladigan navlarni yaratish, o‘zbek paxtasi sifatini yaxshilash, uning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi va uni eksport qilish borasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Bu Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan mamlakatni modernizatsiya qilish, uning jahon xo‘jalik munosabatlariga integratsiyalashuviga qaratilgan tub islohotlar samaradorligining yorqin dalilidir.
Источник:
www.UzA.uzДата обновленис: 11.10.2008 10:23