Allohning fazli va rahmati
Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "œRamazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi. Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayHurib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo qildilar.
Biz "œOmin", dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik. Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi".