(Summa qaada yazkurulloha). « So’ngra o’tirib Alloh ni zikr qilsa...», — deyilmoqda. Zikr — arabchada xotirasida saqlash, yodga olish degani. Zikrning turlari bor. Tili bilan «Alloh», «La ila’ha illalloh», — deyish. Asmoi husnaning birisini qaytarish, «Alhamdu lilloh. Subhanalloh. Allohu akbar», — deb kalimai tayyibani qaytarish, qo’liga tasbeh olib, takror-takror o’qish zikrdir. Zikr deganda birinchi bo’lib bizning aqlimizga keladigani — shu.
Keyin Qur’oni karim zikrdir. Hatto Qur’oni karimning ismlaridan birisi ham zikrdir.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
«Zikrni biz tushurdik, uni biz qo’riqlaymiz», — oyati karimasidagi «az-zikr» so’zidan murod — Qur’oni karim. Ya’ni: «Qur’oni karimni biz tushirdik, uni biz qo’riqlaymiz», — demoqdir.
Namoz ham zikr bo’lib, zikrlarning eng buyugi, muazzam bir majmuidir. Boshlanishi, o’rtasi, oxiri ham zikr. «Allohu akbar» bilan boshlanadi. «Subhanaka» — hamd, Qur’oni karim, ruku va sajdalardagi tasbehlar, tahiyyatlar, salotu salomlar bilan davom etib, oxiri salom bilan tugaydi.
Faqat zikrning zikr bo’lishi, zikr deb hisoblanishi — Alloh nazdida maqbul bo’lishi uchun zokir, ya’ni zikr qiluvchiAllohga mute’ — itoatkor bo’lishi lozim. Bir inson Allohga itoatda bo’lganligi uchun ham zikr qiladi, chunki itoat qilmoqda. Nima uchun itoat qilmoqda? Alloh xotirasida bo’lganligi uchun ham Allohga osiy bo’lmayapti, shuning uchun ham u zikr holatida. Agar bir inson Allohga osiy bo’lib isyon etish holatida bo’lsa, tilida biz biladigan, tushunadigan bir qator chiroyli kalimalarni takrorlayotgan bo’lsa ham zikr qilayotgan bo’lmaydi.